IT Park AKT vazirligi ko‘magida xalqaro IT sertifikatini olishga sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olish mumkin bo‘lgan dasturni ishga tushirdi.
Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (https://www.youtube.com/watch?v=47Lx-AKUK-E ) bo‘lib o‘tgan brifingda IT Park reklama va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Jamila Xalibayeva ma’lum qildi.
Dastur IT-mutaxassislarga xalqaro sertifikat olishga ketgan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya taqdim etadi.
Buning uchun nimalar zarur?
• Ariza beruvchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
• www.my.gov.uz elektron portalida onlayn ariza to‘ldirish;
• zarur hujjatlarni ilova qilish (xarajat to‘g‘risidagi kvitansiya nusxasi, IT-sertifikat nusxasi);
• agar ariza beruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onalar/vasiylar ma’lumotlarini ko'rsatish lozim;
• Qaytariladigan xalqaro IT sertifikatlari ro‘yxati bilan tanishish uchun: https://it-istedod.uz/ru/#certificates .
Kompensatsiyani qo‘lga kiritish uchun sertifikat olingan kundan boshlab 180 kundan kechiktirmasdan ariza topshirish lozim.
Ariza topshirish uchun: https://my.gov.uz/uz/service/622 .
2022-07-08