Zero Risk: O‘zbekiston IT bozoriga minimal xarajatlar bilan kiring
“Zero Risk” dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT Park tomonidan ishlab chiqilgan yangi tashabbus.
Dasturning maqsadi mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda IT va BPO autsorsingi sohasida eksport faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat.
“Zero Risk” dasturida ishtirok etish kompaniyalarga O‘zbekiston IT sohasiga minimal tavakkalchiliklar bilan kirib borish va mamlakatimizning qimmatli resurslari va imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Zero Risk dasturida ishtirok etish uchun kompaniya bir nechta shartlarni bajarishi kerak:
- IT Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
- Kompaniyaning eksportga yo‘naltirilganligini tasdiqlovchi yiliga kamida 500 000 AQSH dollari miqdorida shartnomaga ega bo‘lishi yoki bosh korxonaning yillik aylanmasi 50 million AQSH dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda ma’lumot berishi;
- Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining istalgan viloyatlarida, Toshkent shahridan tashqari jismoniy manzilga ega bo‘lishi kerak;
- 50 nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat ishchi shtatga ega boʻlishi.
Dastur kompaniyalarga dastlabki xatarlarni qo‘llab-quvvatlash va kamaytirish uchun bir qator imtiyozlarni taqdim etadi.
Zero Risk’ning afzalliklari:
- Rezident kompaniya 12 oygacha bepul ofis maydoni oladi;
- Dastlabki xarajatlarni kamaytirish maqsadida IT Park hisobidan rezident kompaniyaga 15 oylik imtiyozli to‘lov muddati bilan ofisni texnik jihozlar va mebellar bilan jihozlashda yordam beriladi;
- IT Park O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan xodimlarni ishga yollash bilan bog‘liq xarajatlarning qisman qoplanishini kafolatlaydi. Har bir yollangan xodim uchun kompaniya 500 AQSh dollari miqdorida pul kompensatsiyasi oladi;
- IT Park byudjeti hisobidan O‘zbekiston xodimlariga ish haqini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning 15 foizigacha qoplanadi;
- IT Park byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlarni dastlabki tayyorlov kurslarida o‘qitish maqsadida rezident kompaniya tomonidan murabbiyni chaqirish va xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizigacha qoplanishi tashkil etiladi.
IT va BPO kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash dasturlari haqida batafsil maʼlumot quyidagi rasmiy veb-saytda mavjud: https://centralasia.tech/