ZTE yangi BPO markazlar uchun $100 ming ajratadi

25-oktabr kuni Samarqandning yangi Silk Road Samarkand xalqaro sayyohlik markazida bolib otadigan AKT Haftaligining ikkinchi kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan direktori Farxod Ibragimov hamda ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guandun bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston BPO sanoatini rivojlantirish borasida fikr almashdilar.  Muloqot ishtirokchilari BPO-yo‘nalishini rivojlantirish istiqbollarini qayd etdilar va ushbu sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shunday qilib, uchrashuv doirasida IT Park va ZTE Uzbekistan o‘rtasida Samarqand va Farg‘onada yangi BPO Markazlarini qo‘llab-quvvatlash va ochish uchun ZTE kompaniyasi tomonidan 100 000 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida protokol imzolandi.

BPO Markazlari zarur uskuna va texnikalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, yangi muassasalar tufayli Samarqand va Farg‘onada yangi ish o‘rinlari ochiladi.

2022-10-25