Game Jam

Toshkentda birinchi marotaba GAME JAM boʻlib oʻtadi!
2019–yil 15-noyabrdan 17-noyabrgacha Toshkentda GAME JAM boʻlib oʻtadi.

Oʻyin murabbosi (Game Jam) – bu qisqa vaqt ichida, 48 yoki 72 soat ichida oʻyin yaratishdir. Ishtirokchilarga mavzu beriladi. Ular jamoalarda birlashadi yoki yakka holda oʻyinni eng boshidan boshlab ishlab chiqishadi. Geymjeymda ishtirok etish uchun dasturlash yoki 3D modellashtirish boʻyicha 10 yillik tajribaga ega boʻlish shart emas – birgina xohishning oʻzi yetarli!

Toshkentdagi birinchi “GAME JAM” Gyote instituti tomonidan IT-Park bilan hamkorlikda tashkil etiladi!

Oʻyinni ishlab chiquvchilar, dizaynerlar, rassomlar, musiqachilar va oʻyinlarga ishtiyoqman odamlar taklif etiladi. Birgalikda ishlashdan va birgalikda ijod qilishdan hamma zavqlanishi kafolatlangan, gʻolib jamoaning ikki ishtirokchisi Novosibirskga, Gamedev CityFest video oʻyinlarini ishlab chiquvchilar uchun konferensiyaga borish imkoniyatini qoʻlga kiritadi!

“GAME JAM” tadbirida ishtirokchilar guruhlarga birlashadilar va 48 soat ichida (2019-yil 15-noyabrdan 17-noyabrgacha) oʻsha kuni eʼlon qilinadigan mavzudagi oʻyinlarni ishlab chiqadilar. Belgilangan vaqt tugagach, natijalar plenumda taqdim etiladi va muhokama qilinadi, unda hakamlar hayʼati eng yaxshi uchta jamoani tanlab oladi.

Oʻyinlarni dasturlashga qiziquvchi barcha ariza topshirishi mumkin. Geymjeymda ishtirok etish bepul. Loyiha qoʻmitasi 2019-yil 25-oktyabrgacha ariza berganlar orasidan ishtirokchilarni tanlab oladi. Roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldirish uchun ushbu havola orqali oʻtishingiz mumkin.

Tadbir Toshkent shahri (Amir Temur koʻchasi, 42, GYOTE-INSTITUTI) da boʻlib oʻtadi. Geymjeymda qatnashish bepul. Tashkilotchilar tomonidan tushlik (juma kuni kechqurun: kechki ovqat; shanba: nonushta, tushlik, yengil tamaddi, kechki ovqat; yakshanba: nonushta, tushlik, yengil tamaddi) taqdim etiladi. Dam olish va uxlash uchun joy tayyorlangan.

Siz oʻzingiz bilan birga olib kelishingiz kerak: kompyuter, kabel yoki zaryadlovchi qurilma, kerakli dasturiy taʼminot va vositalar, bundan tashqari xohishingizga koʻra – sevimli stakaningiz, yostigʻingiz va yotoq sumkangiz!

Hakamlar hayʼati 17-noyabr kuni geymjeym yopilishida eng yaxshi uchta jamoani eʼlon qiladi. Asosiy sovgʻalar qatorida ishtirokchilar uchun oʻzlari yaratgan oʻyinini Gamedev CityFest video oʻyinlarini ishlab chiquvchilar konferensiyasi (Novosibirsk, 14-mart, 2020 yil) da namoyish etish imkoniyati, oʻyinni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olish uchun sertifikatlar va shu kabilar ham bor.

Batafsil maʼlumotlarni tadbir veb-saytidan olishingiz mumkin: https://www.goethe.de/ins/uz/ru/ver.cfm?fuseaction=events.detail&event_id=21665735