“mGovAward” road-shou: IT-Park jamoasi Fargʻona vodiysiga tashrif buyurdi!

Oʻtgan hafta bizning jamoamiz Fargʻona vodiysining toʻrtta shahariga – Andijon, Fargʻona, Qoʻqon va Namanganga borishga muvaffaq boʻldi va u yerda “mGovAward” talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan respublika tanlovining shartlari haqida gaplashdilar!

Andijonda bizning vakillarimiz Andijon davlat universiteti va Andijon muhandislik instituti talabalari bilan uchrashdilar. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon qishloq xo‘jalik instituti bilan birgalikda ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Fargʻonada bizning jamoamiz TATU Fargʻona filiali, Fargʻona davlat universiteti va Fargʻona politexnika instituti talabalariga murojaat qilishdi.

Qoʻqonda biz Davlat pedagogika instituti, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining filiali talabalari oldida tanlov boʻyicha taqdimot oʻtkazdik.

Namanganda biz Muhandislik-texnologiya instituti, muhandislik-pedagogika instituti va Namangan davlat universiteti talabalari uchun taqdimot oʻtkazdik.

Bir hafta ichida biz mingdan ortiq talabalar bilan suhbatlashishga muvaffaq boʻldik! Shuni taʼkidlashni istardikki, “mGovAward” tanloviga nafaqat ixtisoslashgan OTMlarning talabalari, balki pedagogika, davolash ishi, filologiya va boshqa fakultetlarda taʼlim oluvchi talabalar ham qiziqish bildirmoqdalar, chunki ushbu tanlov, oʻqish yoʻnalishlari va joylari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar barcha talabalar uchun teng sharoitlarni yaratadi!

Tanlovdan tashqari talabalar boshlangʻich ekotizimni rivojlantirish, IT yoʻnalishi va oʻzlarining IT sohasidagi bizneslarini yaratish imkoniyatlari bilan ham qiziqdilar. Umid qilamizki, bizning yoshlarimizning IT sohasiga boʻlgan qiziqishi tez orada respublikamizni butun dunyo bozorida oʻzining IT gʻoyalari bilan nom chiqarishiga olib keladi!

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 + 15 =

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: