“MGovAward” tanlovi doirasida ikki kunlik vorkshop boʻlib oʻtdi!

Dasturiy ishlanmalarning sifatini oshirish va loyihalarni takomillashtirish maqsadida, 2020-yil 18-19 yanvar kunlari talabalar va oʻquvchilar uchun eng yaxshi “mGovAward” mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha respublika tanlovi doirasida ikki kunlik intensiv vorkshop boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir IT-Park va Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va kelajakdagi ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida tashkil etildi.

Mamlakatimizning 6 ta mintaqasidan tashrif buyurgan 60 dan ortiq jamoalar dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishda koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan murabbiylarning maʼruzalarini tinglashdi:

Linara Yunusova – Python va PHP dasturchisi. D:Code kompaniyasida dasturchi. Dasturash (PHP va Python – Django) boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega.

Mamurjon Qodirov – Dasturchi, Back-End dasturchisi. UDEVS LLC kompaniyasining asoschisi va texnik direktori CTO. Dasturash (Python, Go, Java, C, C ++) boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega.

Ruslan Yoʻldoshev – Dasturchi, mahsulot menejeri. D:Code kompaniyasining asoschisi. U Node.JS, BEM, MongoDB, Python, Django, Postgres, RabbitMQ, AWS, Backbone & Marionette.js kabi texnologiyalarni juda yaxshi biladi.

Ulugʻbek Isroilov – mobil ilovalar bʻyicha dasturchi. Kash App kompaniyasida yetakchi dasturchi. U Flutter, ASP.NET, Django, Flask kabi texnologiyalarni juda yaxshi biladi.

Majit Uteniyazov – iOS dasturchisi. Payme kompaniyasida iOS middle dasturchisi. Objective-C, Swift, SwiftUI kabi texnologiyalarni juda yaxshi biladi.

Vokshop qatnashchilari oʻzlarining amaliy koʻnikmalari va tajribalari bilan oʻrtoqlashgan ustozlarning yordami va koʻmagi bilan oʻz loyihalari boʻyicha ishlarda faol ishtirok etdilar.

Shuningdek, tadbir davomida startapchilar uchun zarur boʻlgan mavzularda: video-taqdimotlar tayyorlash, mvp yaratish, dasturiy taʼminotni sinovdan oʻtkazish va boshqa mavzularda master-klasslar oʻtkazildi.

Eslatib oʻtamiz, “mGovAward” tanloviga arizalarni qabul qilish 2020-yil 10-fevralgacha uzaytirildi. Quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtish va ariza berish mumkin: https://awards.tra.gov.ae/

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 5 =

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: