IT sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafas boʻlish, talab yuqori mutaxassis boʻlib qolish va muvaffaqiyatli karyera qurish uchun juda muhimdir. Hozirda sunʼiy intellekt (AI), bulutli texnologiyalar (Data Cloud) va kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish (GameDev) kabi yoʻnalishlar jadal rivojlanmoqda.
2025-yilda bu sohalar yanada ommalashib, malakali mutaxassislarga boʻlgan talab keskin oshadi. Bizning sharhimizda asosiy kasblar, maoshlar, boʻsh ish oʻrinlari, Oʻzbekistonda karyerani boshlash uchun zarur koʻnikmalar va maslahatlar tahlilini topasiz.
1. Sunʼiy intellekt (AI)
AI sohasidagi mutaxassislar mashinali oʻqitish va neyron tarmoqlar kabi texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanishadi. Ularning ishi bashorat qilish, maʼlumotlarni tahlil qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va aqlli tizimlarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal etishga qaratilgan.
“Vention” kompaniyasining ML va AI mutaxassisi Mahmudjon Sodiqov soha haqida shunday deydi:
“Men sunʼiy intellektni tanladim, chunki matematikani yaxshi koʻraman va dasturchi boʻlishni juda xohlardim. Dasturlashda butun matematik salohiyatimni roʻyobga chiqara olmaganim uchun, sunʼiy intellekt va mashinali oʻqitishni tanladim. Aynan shu sohada ilgʻor sunʼiy intellekt modellarini ishlab chiqish uchun bilim va koʻnikmalarimni toʻliq qoʻllay olaman.
Hozirda men AI sohasida 6 yillik tajribaga ega boʻlgan holda ‘Vention’ kompaniyasida ishlayman. Faoliyatimni Moskva fizika va texnologiya institutini bitirgan paytimdan boshlaganman. Oʻshandan beri ‘Sberbank’, ‘Huawei’, ‘Mail.ru’ va Xitoy, Buyuk Britaniya, Yevropadagi baʼzi startaplarda ishladim. Oʻz sohamni shunchalik sevamanki, ilmiy ishimni ham davom ettirib, muntazam ravishda sunʼiy intellekt haqida maqolalar chop etib bormoqdaman.”
Ish haqi
Sunʼiy intellekt sohasidagi maoshlar tajriba va mintaqaga qarab oʻzgarib turadi, ammo ular dunyoda oʻrtacha:
Mahalliy ishga joylash agentliklari va xalqaro platformalar maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda oʻrtacha ish haqi quyidagicha:
Ish haqi kompaniya turi, masʼuliyat darajasi va loyihaga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro va texnologik kompaniyalarda, ayniqsa, ular bonuslar yoki boshqa imtiyozlarni taklif qilsa, ish haqi yuqoriroq boʻlishi mumkin.
Boʻsh ish oʻrinlari soni
“LinkedIn” va “Glassdoor” maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil dekabr oyida butun dunyo boʻylab sunʼiy intellekt sohasida 50 000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari mavjud. Xususan, AQShda sunʼiy intellekt sohasidagi boʻsh ish oʻrinlari 2025-yil boshida “Google”, “Meta”, “Tesla” va “Amazon” kabi kompaniyalarda eng koʻp.
2025-yil boshida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning qoʻshni mamlakatlarida sunʼiy intellekt sohasidagi mutaxassislarga, ayniqsa fintech, telekommunikatsiya va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish sohasida faoliyat yuritayotgan startaplar va kompaniyalar uchun talab ortib bormoqda. “hh.uz” kabi turli ish qidirish platformalari maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yilda sunʼiy intellekt bilan bogʻliq 500 ga yaqin boʻsh ish oʻrinlari, jumladan, maʼlumotlar tahlilchisi, mashinali oʻqitish muhandislari va tadqiqotchilar lavozimlari mavjud. 2025-yilda va undan keyingi yillarda sunʼiy intellekt yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarga boʻlgan talab faqat ortib borishi kutilmoqda.
Yoʻlni qanday boshlash kerak
Sunʼiy intellekt sohasida karyerani boshlash uchun kompyuter fanlari, matematika yoki statistika boʻyicha maʼlumot olish kerak. Oʻzbekistonda ushbu sohalarda bakalavriat va magistratura dasturlari, shuningdek, mahalliy universitetlar va “Coursera”, “edX” va “Udacity” kabi onlayn platformalardan kurslar va treninglar mavjud. Mehnat bozorida talab qilinadigan asosiy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun mashinali oʻqitish, neyron tarmoqlar va sunʼiy intellekt boʻyicha kurslarni oʻtish muhimdir.
Bundan tashqari, “Kaggle” kabi onlayn platformalarda amaliyotda ishtirok etish, real loyihalar ustida ishlash va muammolarni hal qilish orqali amaliy tajriba orttirish mumkin. Ham Oʻzbekistonda, ham xorijda oʻtkaziladigan sunʼiy intellekt bo‘yicha hakaton va tanlovlarda ishtirok etish nafaqat qimmatli koʻnikmalarni egallashga, balki ish beruvchilarning eʼtiborini jalb qilishga ham yordam beradi.
Zarur koʻnikmalar:
2. DataCloud (Bulutli texnologiyalar va Big Data)
Bulutli texnologiyalar va Big Data masofaviy serverlar yordamida katta hajmdagi maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu soha mutaxassislari “AWS”, “Azure” va “Google Cloud” kabi platformalar bilan ishlaydi, maʼlumotlar arxitekturasini yaratadi va ularning xavfsizligini taʼminlaydi.
“Kelgusi 10 yilda soʻnggi 100 yildagidan koʻra koʻproq texnologik innovatsiyalar yaratilib, joriy etiladi. IT sohasi kelajagini insoniyat muammolarini hal qilish uchun moslasha oladigan, innovatsiyalarni joriy eta oladigan va texnologiyalardan foydalana oladigan shaxslar belgilaydi,” — deb hisoblaydi Surxondaryolik Sirojiddin Joʻraqobilov, “MAAB” kompaniyasida maʼlumotlar tahlilchisi.
“Maʼlumotlarni tahlil qilib, yangi gʻoyalarni topishni yoqtirganimdan maʼlumotlar tahlilchisi boʻlishga qaror qildim. Maʼlumotlar tahlili topishmoqni yigʻish jarayoniga oʻxshaydi. Natijalarni yaxshilashi mumkin boʻlgan tendensiyalar va qonuniyatlarni topishni sevaman. Ishim strategiyalarga bevosita taʼsir qilishi va tashkilotlarga tahlil asosida qarorlar qabul qilishda yordam berishi mumkinligini bilish men uchun katta sharaf. Hozirda qadoqlash materiallari va qatronlar uchun xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha yordam beradigan Amerika kompaniyasi “RTI Global”da loyihalar ustida ishlayapman,” — deydi Sirojiddin.
Ish haqi
Dunyo bo‘ylab bulutli texnologiyalar va Big Data sohasidagi yillik maoshlar:
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ushbu sohadagi asosiy lavozimlar uchun oʻrtacha oylik ish haqi:
Boʻsh ish oʻrinlari soni
“LinkedIn” va “Indeed” maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil dekabr oyida bulutli texnologiyalar va Big Data bilan bogʻliq 60 000 dan ortiq boʻsh ish oʻrni mavjud. “Amazon Web Services” (AWS), “Microsoft Azure” va “Google Cloud” kabi kompaniyalar mutaxassislarni faol yollamoqda.
2024-yil oxiriga kelib, Oʻzbekiston bozorida bulutli texnologiyalar va Big Data sohasida boʻsh ish oʻrinlari sonining sezilarli oʻsishi kuzatilmoqda. IT, fintech va telekommunikatsiya kompaniyalari bulutli yechimlarni joriy etish va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mutaxassislarni faol izlamoqda. Oʻzbekistonda bulutli texnologiyalar bilan bogʻliq 300 dan ortiq boʻsh ish oʻrni, jumladan, bulutli yechimlar muhandislari, maʼlumotlar ishlab chiquvchilari va xavfsizlik boʻyicha mutaxassislar lavozimlari mavjud.
Oʻzbekistondagi koʻplab startaplar va texnologik kompaniyalar bulutli platformalarni faol rivojlantirmoqda, bu esa ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan talabning oʻsishiga olib kelmoqda.
Yoʻlni qanday boshlash kerak
Oʻzbekistonda bulutli texnologiyalar va Big Data sohasida karyerani boshlash uchun axborot texnologiyalari, dasturlash yoki muhandislik boʻyicha asosiy bilimga ega boʻlish muhim. Respublikada turli xil kurslar va treninglar mavjud boʻlib, “Coursera” kabi xalqaro onlayn platformalar bulutli texnologiyalar boʻyicha dasturlarni, jumladan, “AWS”, “Microsoft Azure” va “Google Cloud” sertifikatlash kurslarini taklif etadi.
Bundan tashqari, muvaffaqiyatli start uchun “AWS”, “Azure”, “GCP” va boshqa platformalar bilan ishlash boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlish uchun bulutli xizmatlar va Big Data bilan shugʻullanadigan kompaniyalarda amaliyot oʻtash muhim hisoblanadi. Bulutli texnologiyalarga bagʻishlangan loyihalar va hakatonlarda ishtirok etish ham asosiy koʻnikmalarni rivojlantirish va ish beruvchilarning eʼtiborini jalb qilishga yordam beradi.
Boshqa yuqori texnologiyali sohalarda boʻlgani kabi, bulutli texnologiyalar va Big Data mutaxassislari Oʻzbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va yangi biznes modellarini rivojlantirishda, innovatsiyalarni joriy etish va mamlakatning texnologik salohiyatini oshirishda muhim rol oʻynashda davom etadi.
Zarur koʻnikmalar:
3. Oʻyinlarni ishlab chiqish (GameDev)
GameDev — bu shunchaki oʻyin yaratish emas. U texnologiyalar, sanʼat va koʻngilochar sohalar chorrahasi boʻlib, millionlab odamlarning tasavvurini jalb qila oladigan virtual olamlar va qahramonlarni jonlantiradi. Raqamli texnologiyalar davrida geymdev nafaqat koʻngil ochish, balki ilhomlantirish, taʼlim berish va imkoniyatlar chegaralarini kengaytirish maqsadini koʻzlab, jahon madaniyatining muhim qismiga aylandi. Ishlab chiquvchilar virtual olamlarni yaratadi va ular bilan oʻzaro aloqani taʼminlaydi, 3D rassomlari va dizaynerlari esa foydalanuvchilar uchun vizual effektlar va interfeyslar ustida ishlaydi.
“Oʻzbekiston 2025-yilda katta yutuqlarga erishadi — men yosh dasturchilarning koʻplab ishlarini koʻrdim va ularda butun dunyo uchun ulkan salohiyat borligiga guvoh boʻlyapmsn. Iqtidorli oʻquvchilarimdan biri bu yil ajoyib poyga oʻyinini chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, mening koʻp janrli, videoblogerlar haqidagi oʻziga xos ʼHitTubeʼ oʻyinim 2025-yilda chiqadi.
Oʻyin sanoatidagi maoshlar kasbning murakkabligi va kadrlar tanqisligiga bogʻliq. Dasturchilar va rassomlar koʻproq haq oladi, chunki ularning ishi nafaqat bilim va koʻnikma, balki ijodkorlikni ham talab qiladi. Dasturchilar va rassomlarsiz sifatli oʻyin yaratib boʻlmaydi: funksionalsiz yaxshi grafika va animatsiya maʼnosiz, vizual komponentlarsiz qiziqarli geympley esa jozibali boʻlmaydi. Bunday mutaxassislarning maoshlari loyihaning yoʻnalishiga — dasturlashga yoki vizual jihatlarga bogʻliq,” — dedi Aleksandr Muhitdinov, oʻqituvchi, “Youtube”dagi “Unreal Engine Encyclopedia” muallifi, kompyuter oʻyinlari ishlab chiquvchisi va “Epic Games” tomonidan Oʻzbekistonda tasdiqlangan “Unreal Engine” rasmiy guruhining asoschisi.
Ish haqi
Dunyoda oʻyin sanoatidagi maoshlar:
Oʻzbekiston bozori bu sohada endigina rivojlanishni boshlaganiga qaramay, geymdev mutaxassislari uchun, ayniqsa yirik IT-kompaniyalar va studiyalarda maoshlar asta-sekin oshib bormoqda. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda oʻyinlarni ishlab chiqish sohasidagi mutaxassislarning oʻrtacha ish haqi darajasi quyidagicha:
Boʻsh ish oʻrinlari soni
2024-yil dekabr oyida dunyo boʻylab oʻyin, taʼlim va tibbiyot sohasidagi ishlanmalarga eʼtibor qaratgan holda, geymdev sohasida 10 000 ga yaqin boʻsh ish oʻrni mavjud. Virtual reallik dasturlari “Oculus” (Meta), “HTC”, “Sony” va “Magic Leap” kabi kompaniyalarda faol rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻyin sanoatida 150 ga yaqin boʻsh ish oʻrni, jumladan, oʻyin ishlab chiquvchilari, 3D-rassomlar va virtual reallik boʻyicha mutaxassislar lavozimlari mavjud. Boʻsh ish oʻrinlarini “hh.uz” kabi ish qidirish platformalarida, shuningdek, oʻyin ishlab chiquvchilar faoliyat yuritadigan chatlarda topish mumkin. GameDevGoethe chatida, it-market.uz saytida, shuningdek, East Games kanalida koʻplab vakansiyalar eʼlon qilinmoqda.
Yoʻlni qanday boshlash kerak
Oʻzbekistonda oʻyin sanoatida karyerani boshlash uchun dasturlash, dizayn yoki animatsiya sohasida taʼlim olish muhim. Mamlakatda onlayn va oflayn kurslar hamda taʼlim dasturlari mavjud boʻlib, ular geymdev sohasida ishlash uchun asosiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. “Coursera”, “Udemy” va boshqa onlayn platformalar istalgan vaqtda oʻtish mumkin boʻlgan 3D grafika, oʻyin yaratish va virtual reallik dizayni boʻyicha kurslarni taklif etadi.
Bundan tashqari, mahalliy loyihalar, xakatonlar va amaliyotlarda ishtirok etish orqali olingan amaliy tajriba kasbiy oʻsishda muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston yoshlari dasturchilar va rassomlar hamjamiyatlariga qoʻshilishi, tajriba almashishi va tanlovlarda ishtirok etishi mumkin, bu esa xalqaro maydonda oʻzini koʻrsatish imkonini beradi.
Oʻzbekistonda “GameDev Goethe” — oʻyinlarni ishlab chiqish inkubatori ham mavjud boʻlib, unda ishtirokchilar uch oy davomida oʻz oʻyinlarini yaratadi. Bu Oʻzbekiston oʻyin sanoatiga kirish yoʻllaridan biri hisoblanadi.
Zarur koʻnikmalar:
AI, Datacloud va GameDev sohalari rivojlanishda davom etmoqda va ushbu sohalardagi mutaxassislarga talab tobora ortib bormoqda. Bu esa karyera oʻsishi va kasbiy rivojlanish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratmoqda. Istiqbolli kasbni oʻrganishni bugunoq boshlang!
2025-01-24