Oʻzbekiston II Iqtisodiy forumida AKT vaziri BPO-yoʻnalishi salohiyati haqida so’z yuritdi

2022-yilning 4-noyabr kuni Samarqandda boʻlib oʻtayotgan II Iqtisodiy forum panel sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston IT va BPO yoʻnalishi uchun yangi IT-xab” mavzusida ma’ruza qildi. 

Tadbir davomida Sherzod Xotamovich O‘zbekistonda BPOning rivojlanishi haqida gapirdi. Vazir, xususan, bugungi kunda O‘zbekiston yangi autsorsing markaziga aylangani, buning uchun respublikada barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Autsorsing kompaniyalarining faol rivojlanishiga xalqaro talablarga javob beradigan qonunchilikning mavjudligi, iqtidorli ingliz tilini biladigan yoshlar, zarur zamonaviy infratuzilma, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari, IT sohasida yuqori sifatli ta’limning mavjudligi, va boshqa muhim jihatlarga to’xtaldi.

Buning samarasida IT-xizmatlar eksporti yildan-yilga ortib borayotganini taʼkidladi AKT vaziri.  Taqqoslash uchun: 2021-yil oxirida BPO kompaniyalari soni 45 tani, 2022-yilda esa 135 tani tashkil etdi. 2022-yil 3-chorak yakunida IT eksporti hajmi 82 million dollarni tashkil etdi, shundan 38 million dollari BPO xizmatlari eksportiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, Oʻzbekistonda yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha 15 ta BPO markazlari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, Sherzod Xotamovich BPO kompaniyalari IT Park tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini eslatdi.  Xususan, kompaniyalarga quyidagicha ko’mak beriladi:
 • Kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish;
 • ofis topish va uni maishiy texnika va mebellar bilan jihozlash;
 • birinchi olti oy uchun imtiyozli ijara;
 • malakali xodimlarni tanlash.

24-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida ICTWEEK UZBEKISTAN 2022 haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda BPO sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, IT-Park rezidenti Revotech kompaniyasi va Amerikaning Effika Corporation kompaniyalari biznes jarayonlari autsorsingining (BPO) yangi yo‘nalishlari, ya’ni sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, Effika korporatsiyasi 2023-yil uchun sug‘urta sohasida 20 million dollar miqdorida autsorsing xizmatlarini ko‘rsatadi.

Huawei shuningdek, IT-Park bilan O‘zbekistonning Termiz va Namangan shaharlarida ikkita BPO markazlarini tashkil etish bo‘yicha protokol imzolagan O‘zbekistondagi BPO yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Smart va yashil yechimlar asosida yangi BPO markazlari ochiladi.

AKT haftaligida IT-Park ZTE Uzbekistan kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ZTE Samarqand va Farg‘onada yangi BPO markazlarini qo‘llab-quvvatlash va ochish uchun 100 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratadi.

2022-11-04