President Tech Award 2024 hakatoni natijalari
2024-yil 20-22-sentyabr kunlari Turin Politexnika universitetida ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar va IT-mutaxassislarini raqamli texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni yaratish uchun birlashtirgan maxsus Hakaton yoʻnalishi boʻyicha “President Tech Award” yakunlandi. Tanlovga 70 ta jamoaga boʻlingan 260 nafardan ziyod ishtirokchi jalb etildi va ular 100 000 AQSh dollari miqdoridagi bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.
President Tech Award — bu Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan, umumiy sovrin jamgʻarmasi 1.000.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi tanlov boʻlib, Oʻzbekistonning eng isteʼdodli va kreativ dasturchilarini birlashtirish, ularga oʻz startaplarini yaratish va davlat tomonidan moliyaviy koʻmak olish imkonini beradi. Hakaton tanlovning maxsus yoʻnalishi hisoblanadi.
Hakaton IT Park Uzbekistan tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida oʻtkazildi va taʼlim, sogʻliqni saqlash, sunʼiy intellekt texnologiyalari, agrosanoat va yashil energetika, moliyaviy texnologiyalar kabi asosiy tarmoqlarni raqamlashtirishni tezlashtirishga qaratilgan. Ishtirokchilar yetakchi ekspertlar va murabbiylar rahbarligida prototiplar va minimal hayotiy mahsulotlar (MVP) yaratish ustida ish olib borishdi.
Har kuni 10 nafar murabbiy hakaton ishtirokchilari bilan yaqindan ishladi:
- Sarvar Abdullayev, kompyuter fanlari boʻyicha falsafa doktori, London Qirollik kolleji, Buyuk Britaniya, “Amudar IO” hammuassisi;
- Hojiakbarxoʻja Boboyev, mahsulot boshqaruvi va marketing (moliyaviy texnologiyalar, BNPL, toʻlovlar, elektron tijorat va taʼlim texnologiyalari) boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega, “Alif Uzbekistan” kompaniyasida mahsulot marketingi boʻyicha katta menejer
- Ruslan Yuldashev, Oʻzbekistondagi bolalar uchun yetakchi IT-maktablaridan biri — “MARS” va taʼlim uchun eng mashhur B2B SaaS CRM tizimi — “MODME” asoschisi va mahsulot rahbari.
- Liniza Fatkullina, moliya va mahsulotlarni boshqarish boʻyicha ekspert, “Kash” ilovasining moliyaviy direktori.
- Natalya Klemenko, “STEMIO” asoschisi, “Technovation” murabbiyi
- Shahzod Umirzakov, “500Global 2023”, “Plug&Play”, “AI Council” bitiruvchisi, hammuassis, chakana savdo sohasidagi innovator.
- Shuhrullo Lutfullayev, bir nechta muvaffaqiyatli korxonalar, jumladan, taksi xizmati va dorixonalar tarmogʻi egasi va rahbari, “Royal Taxi” bosh direktori.
- Akmaljon Musayev, bulutli ilovalar boʻyicha mutaxassis, “HyperAPP” bosh direktori va asoschisi.
- Dilnoza Nasriyeva, “Uzum Market” kompaniyasida IT-mahsulotlar boʻyicha tajribali menejer.
- Semyon Morgunov, oziq-ovqat mahsulotlari elektron savdosi sohasida raqobatchilarni ortda qoldirish uchun innovatsion texnologiyalar va biznes-modellardan foydalanadi, “Korzinka GO” mahsulot boʻyicha bosh menejeri.
- Saidalixon Tojixonov, savdo marketingi boʻlimi rahbari, avval “Korzinka Go”, “PepsiCo”, “Deloitte” kompaniyalarida faoliyat yuritgan.
- Tolibjon Mirzakulov, “Jett.uz” asoschisi; raqamli transformatsiya boʻyicha ekspert.
- Iskandar Qurbonov, tadbirkor va 3 yildan ortiq mehnat tajribasiga ega mahsulot boʻyicha menejer. Marketing, media va IT loyihalariga ixtisoslashgan. “Plug & Play” kompaniyasida venchur hamkor.
- Azizaxon Ortiqxoʻjayeva, xodimlarni samarali ragʻbatlantirib, kross-funksiyali jamoalarni boshqara oladigan, kuchli kommunikatsiya, muammolarni hal qilish va ijro etish koʻnikmalariga ega strategik menejer, “Plug & Play” dastur menejeri.
- Azizbek Qurbonov, “Sugʻurta Bozor” hammuassisi va bosh direktori, tadbirkor
- Maxtob Asadova, sunʼiy intellektni biznes yechimlariga va tabiiy tilni qayta ishlash yechimlariga integratsiya qilishni chuqur tushunadigan mashinali oʻqitish mahsulotlari boʻyicha menejer
- Sanjar Odilov, 6 yildan ortiq turli xil dasturiy taʼminotni ishlab chiqish tajribasiga ega — asosan mashinali oʻqitish uchun yechimlar
- Azizxoʻja Mirzayev, 20 yildan ortiq NET texnologiyalari bilan ishlash tajribasiga ega tajribali dasturiy taʼminot ishlab chiquvchisi
- Muhammad Zokirov, mahsulot menejeri | Startaper | “Beon-app.com” asoschisi va bosh direktori
- Alixon Hoshimxoʻjayev, “Point AI” kompaniyasining sobiq hammuassisi va texnik direktori; “Beeline” kompaniyasida mobil dasturchi
- Bekzod Turdaliyev, ishonchli yechimlarni ishlab chiqish, samaradorlikni optimallashtirish hamda kodlash standartlari va loyihalash shablonlariga ilgʻor tajribalarni joriy etish
- Maʼruf Saidov, guruh rahbari / .NET dasturchi — “Alif Shop”
- Samandar Hojiyev, “Road24” dasturchi-muhandisi va mahsulot egasi
- Shuhrat Shakirov “Go” dasturlash tilida 4 yildan ortiq tajribaga ega dasturiy taʼminot ishlab chiquvchisi. Moliya tizimlari uchun yuqori samarali yechimlarni yaratish va biznes jarayonlarini optimallashtirishga ixtisoslashgan.
- Farrux Maksumov, “Plug and Play Uzbekistan” hamkorlari bilan ishlash boʻyicha menejer.
Tadbir uch bosqichda oʻtkazildi. Ochilish marosimi va maʼruzachilarning taqdimotlari — ishtirokchilar IT sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va turli sohalarda texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari bilan tanishdilar. Murabbiylik sessiyalari va loyihalar ustida ishlash — hakaton ishtirokchilari 24 soat davomida MVP ishlab chiqish uchun mutaxassislardan yordam olishdi. Yakuniy taqdimotlar — jamoalar oʻz yechimlarini hakamlar hayʼatiga taqdim etishdi.
Loyihalarni ishlab chiqish 2 sentyabr kuni boshlangan edi. Hakaton bir qancha bosqichlarga — nazorat nuqtalariga boʻlinib, ularning natijalariga koʻra eng samarali ishlagan jamoalar tanlab olindi. Shu tariqa, 70 ta jamoadan 15 ta eng yaxshi loyiha hakamlar hayʼati oldida yakuniy taqdimotga yetib bordi. Ular orasida “MIRAI TEKU”, “AqlliScan ScoreX”, “ eL,“ “Consultant.AI Tech”, “Al XORAZMIY”, “103 ai”, “ICMedAI”, “ASTRA CODERS TEAM”, “Digital star”, “Lorem Ipsum”, “Cura Team”, “PentaDevs”, “NoName1” va “Sunny Devs” jamoalarining loyihalari bor.
“Lorem Ipsum” jamoasining “Focuscore Al” loyihasi hakaton gʻolibiga aylandi. Jamoa koʻngilochar kontentni taʼlimga aylantirish uchun platforma prototipini ishlab chiqdi. Loyiha turli avlod foydalanuvchilari tomonidan kontentni idrok etishdagi farqlarni oʻrganish asosida ishlab chiqilgan boʻlib, 35 ta tilni, jumladan, oʻzbek va xitoy tillarini qoʻllab-quvvatlaydi. Platforma toʻrtta davlat — Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Xitoy va Hindistonda faoliyat yuritadi.
Hakamlar hayʼati tarkibiga Bolgariya innovatsiyalar va oʻsish vaziri Milena Stoycheva, “Redsquirrel Ventures” boshqaruvchi direktori Sebastyan Suyka, “Nawah AI, Business” asoschisi va bosh strategik rahbari, “Digital HEPA” direktori Muhammad Xatata, “Fintech Association” raisi Nargis Doʻsmatova va “Aloqa VC” boshqaruvchi hamkori Davron Parmonov kiritildi.
Asosiy 5 ta yoʻnalish boʻyicha tanlov hali oldinda. Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz salohiyatini sinab koʻrishadi:
- Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
- Kompyuter yoki mobil oʻyinlarni ishlab chiqish;
- Micro-Saas va AdTech sohalarida texnologik yechimlar;
- Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
- Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.
Har bir yoʻnalishda 3 ta sovrinli oʻrinlar belgilangan:
- 1-oʻrin — $100 000
- 2-oʻrin — $50 000
- 3-oʻrin — $30 000
Asosiy yoʻnalishlar boʻyicha ishtirokchilar uchun “Demo day” 5-10 dekabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.