IT-Park Gruziyaning Future Laboratory kompaniyasi bilan memorandum imzoladi
16-oktabr kuni
IT-Parkda, Future Laboratory nomidan uning taʼsischisi Irakli Kashibadze bilan oʻzaro anglashuv
memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum
doirasida tomonlar hamkorlik uchun quyidagi yoʻnalishlarni belgilab oldilar:
dasturiy mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqishda,
axborot texnologiyalari sohasida xizmatlarning har xil turlari va shakllarini
rivojlantirishda koʻmaklashish;
biznes-inkubatorlarni, startaplarni qoʻllab-quvvatlash
uchun akseleratorlar va kovorkinglarni yaratish va rivojlantirish boʻyicha
tajriba almashish, shuningdek, startaplarni venchur moliyalashtirish;
qoʻshma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik va
texnologik ishlarini amalga oshirish;
ilmiy va boshqaruv kadrlari, shuningdek murabbiylar
uchun ilmiy va professional stajirovkalarni tashkil etish;
innovatsion loyihalar va ilmiy ishlanmalar, oʻquv
dasturlari, innovatsion faoliyat natijalarini amaliyotga tatbiq etish, axborot
texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorini rivojlantirish yoʻnalishlari
va tendentsiyalari toʻgʻrisida maʼlumot almashish;
tomonlarning innovatsion faoliyatga bagʻishlangan
konferensiyalari, koʻrgazmalari, seminarlari va boshqa tadbirlari, shuningdek
startap loyihalarining Demo kunlarini tashkil etish va ularda qatnashish.
Tomonlar,
shuningdek, hamkorlik shakli toʻgʻrisida ham kelishib oldilar:
kelishilgan holda birgalikda taʼlim berishga va tanlovga
oid tadbirlar, loyihalar va ishlar, ilmiy tadqiqotlar va dasturlar oʻtkazish;
Tomonlarning manfaatlariga daxldor rejalashtirilgan
tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot almashish;
qoʻshma konferentsiyalar, seminarlar, treninglar
oʻtkazish, Tomonlarning mintaqaviy va xalqaro tadbirlarida ishtirok etish;
istiqbolli startap loyihalarni amalga oshirishning
barcha bosqichlarida, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilish va innovatsion
mahsulotlarni ilgari surishda faol hamkorlik qilish.
Future Laboratoriya - bu 2016-yilda
Irakli Kashibadze tomonidan tashkil etilgan va oxirgi 15 yil davomida Gruziyada
innovatsiyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish bilan shugʻullangan va
Gruziya innovatsiyalar va texnologiyalar agentligi (GITA), Tbilisi Texnoparki, Zugdidi
Texnoparki, Startup Georgia va boshqa koʻplab shu kabi loyihalarni yaratishda
tashabbus koʻrsatgan kompaniyadir.