1 kunlik kurs: IT Park rezidenti “Selectel” “Managed Kubernetes” kursini ishga tushirdi

IT Park rezidenti “Selectel” IT kompaniyasi “Слёрм” o‘quv markazi bilan hamkorlikda atigi bir kun ichida tugatish mumkin bo‘lgan “Managed Kubernetes” kursini ishga tushirdi. Kurs nazariya, keyslar tahlili va turli xil amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Kursning har bir tinglovchisi ushbu vazifalarni bajarganidan so‘ng, “Managed Kubernetes Selectel” servisida 3000 rublga (433,280 so‘m) promokod olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Barcha darslar bepul va barcha uchun ochiq.

Kurs kimlarga qo‘l keladi?

- Kubernetesdan foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba orttirishga tayyor bo‘lgan administratorlar;

- Kubernetes klasterlarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muntazam vazifalar uchun ketadigan xarajatlarni optimallashtirish bilan shug‘ullanadigan muhandislar;

- konteyner infratuzilmasini tezroq olishni xohlovchi ishlab chiqaruvchilar.

Kursda nima qilish kutilmoqda?

- uchta master-tugun, uchta ishchi-tugun va turli zonalarda ingress rolini bajaradigan ikkita tugun bilan yuqori darajadagi klasterni ko‘tarish;

- Helm orqali ingress-kontrollerni ishga tushirish, uni best practices’ga muvofiq sozlash;
- Manager PostgreSQL klasterini yaratish va Kubernetes klasteri va PostgreSQL klasterining o‘zaro ta’sirini sozlash;

- Kubernetes klasteriga RabbitMQ ilovasini o‘rnatish. Uni 3 ta nusxada ishga tushirish, PV/PVC yordamida ma’lumotlarni doimiy ravishda saqlashni sozlash.

Kurs so‘ngida tinglovchilar asosiy vazifani yechish, ya’ni konteyner infratuzilmasini yaratishga muvaffaq bo‘lishadi.

Kurs haqida batafsil ma’lumot: https://cutt.ly/cnr5fEC

Kompaniya haqida:

“Selectel” - bu Moskva, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida joylashgan 6 ta data-markazdan tashkil topgan IT-kompaniya hisoblanadi. Kompaniya ko‘p tarqalgan vazifalarni yechish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi, qisqa vaqt ichida loyihalarni ishga tushirishga va ularni bulutda kattalashtirishga yordam beradi, yechim topib beradi va hamkorlarni jalb qiladi, shuningdek, boshqa xizmatlarni ham taqdim etadi.

O‘tgan yili “Selectel” O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi va IT Park rezidentiga aylandi. Joriy yilda IT-kompaniya Toshkentda joylashgan data- markazda lokalizatsiyalangan “Selectel” bulutli platformasini ishga tushurdi.

 

 


 

2021-05-28