20.35 Universitetining onlayn intensiv kurslari oʻzbekistonlik talabalar uchun ochiq

Joriy yilning aprel oyidan iyun oyigacha 20.35 Universiteti talabalar uchun onlayn intensiv oʻtkazamoqda. IT Park – ushbu loyihaning Markaziy Osiyo boʻyicha hamkori.

20.35 Universiteti – kelajakning raqamli iqtisodiyot sharoitida insonning professional rivojlanishiga ixtisoslashgan Rossiyadagi birinchi taʼlim dargohi hisoblanadi. Xususan, u milliy texnologik tashabbusning potensial ishtirokchilarini, biznes yetakchilarini va yangi jahon bozorlariga kiradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun taʼlim modellarini ishlab chiqadi.

Universitet faoliyat koʻrsatadigan yoʻnalishlardan biri – bu loyiha-taʻlim intensivllari boʻlib, u loyiha faoliyati, individual taʻlim traektoriyalari va layoqatning raqamli profillariga asoslangan tajribaviy formatdir.

Loyihaga oid faoliyat
Turli yoʻnalish va kurs talabalari haqiqiy muammolarni hal qilish hamda biznes va sanoat talab qiladigan loyihani amalga oshirish uchun jamoalarga birlashishadi. Ushbu amaliyot jamoada ishlashga doir qimmatli tajriba va istiqbolli texnologiyalar hamda bozorlar bilan tanishish imkonini beradi.

Individual trayektoriya
Loyihalar ustida ishlash jarayonida talabalar bilim tanqisligiga duch kelib, uni taʻlim soʻroviga aylantiradilar – bu esa taʻlim faoliyati va materiallarini tanlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi (masalan, 20.35 Universiteti veb-platformasida onlayn kurslar).

Raqamli profil
Intensivda qatnashayotgan har bir ishtirokchining faoliyati 2035 platformasidagi uning raqamli profilda aks etadi. Toʻplangan maʻlumotlar (taʻlim soʻrovlari, jamoaviy ish, va hokazo) intensiv jamoa uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

2020-yilning aprel-iyun oylarida 20.35 Universiteti ochiq onlayn-intensiv oʻtkazadi, unda Rossiya va Oʻzbekistonning istalgan talabasi ishtirok etishi mumkin.

Hozirgi sharoit tufayli loyiha boʻyicha oʻqitish va ishlash onlayn rejimida amalga oshiriladi. Intensivga qabul jarayoni 2020-yil 4-maygacha ochiq.

IT Park ushbu taʻlim loyihasining axborot hamkori sifatida faoliyat olib boradi. Biz barcha talabalarni onlayn intensivda ishtirok etishga va oʻzini rivojlanish sohasida sinab koʻrishga taklif qilamiz!

Bu oʻz loyihangizni (masalan, texnologiya, muhandislik va/yoki IT mahsulotni) amalga oshirish yoʻllarini oʻrganish imkoniyatidir. Ishtirokchilar intensivda onlayn kurslar va oʻquv materiallarini (yaʻni shaxsiy rivojlanish trayektoriyasini shakllantirish) tanlaydilar, jamoalarda ishlashni oʻrganadilar, kuchli mutaxassislardan tajriba koʻnikmasini oladilar, potensial ish beruvchilar bilan tanishish va, albatta, yangi hamkasblar va doʻstlar orttiradilar.

Intensiv sizga nima berishi mumkin?

Amaliyot
Bu OTMda oʻrganilgan nazariyani qoʻllash imkoniyatidir.

Maʼruzalar orqali oʻrganib boʻlmaydigan yangi koʻnikmalar.
Bu yerda taqsimlangan jamoada ishlashni oʻrganadilar (VUCA shartlarida!), loyiha boshqaruvining raqamli vositalari va usullari bilan tanishadilar, tezkor taʻlim va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradilar.

Vazifalarni “qumsoat”da hal qilish tajribasi.
Intensiv – xavfsiz tajriba uchum joy: bu yerda xatolar qilish va yangi narsalarni sinab koʻrish qoʻrqinchli emas.

Kasbiy yoʻllov
Oʻzingiz uchun qiziqarli sohada ishlab koʻrganingizdan keyin, uni kelajakda kasb aylantirish yoki aylantirmaslikni hal qila olasiz. Bu oʻzingizga chindan yoqadigan vazifalarni topishning samarali usulidir.

Ishtirokchilarga talablar:

Rus tilida erkin muloqot qilish. Bu asosiy mezon hisoblanadi, chunki murabbiylar va boshqa jamoalar bilan barcha yozishmalar va qoʻngʻiroqlar, shuningdek, onlayn kurslar va 2035.university platformasidan foydalanish rus tilini bilishni talab qiladi.

Bundan tashqari, 2020-yil, 4-maygacha, onlayn intensivga qoʻshilishni istaganlar quyidagilarga ulgirishlari lozim:

4-7 kishidan iborat jamoani tuzish
Loyiha mavzusini aniqlash (sizning ishlanmangiz yechim boʻla oladigan vazifani topish)
Texnologik loyiha gʻoyasini oʻylab topish
Bilim va shaxsiyat qirralariga oid xususiyatlarni tashxislash (bu, ayniqsa, intensivda talab qilinadigan kurslarni aniqlash uchun muhimdir)

20.35 Universitetining onlayn intensivida ishtirok etib, siz nafaqat yangi doʻstlar va maslakdosh odamlarni topishingiz, balki bilim va tajribaga ega boʻlishingiz, shuningdek, «Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasida grant sifatida mukofot olishingiz mumkin.

Intensiv boshlanadigan vaqt: 2020-yil, 4-may
Intensiv tugaydigan vaqt: 2020-yil, 28-iyun

Intensivda qatnashishga ariza topshiriladigan oxirgi sana: 4-may
Muhim: yuqorida koʻrsatilgan muddatdan keyin ishtirok etishni istagan jamoalar murabbiy bilan taʼminlanmaydi va mustaqil ishlashga majbur boʻladilar.

Qanday qilib intensivga roʻyxatdan oʻtish mumkin:

Jamoani yigʻing va loyiha mavzusini aniqlab oling.
Quyidagi saytda roʻyxatdan oʻting: https://leader-id.ru/
Bilim va shaxsiy sifatlarni sinaydigan onlayn testlardan iborat kirish tekshiruvidan oʻting: https://my.2035.university/diag_u2035_spring2020/intro
Elektron pochtaga keladigan taklifnomani kuting.

Bir necha foydali havolalar:
Texnologik loyihaga doir gʻoyani oʻylab topish haqidagi videorolik: https://www.youtube.com/watch?v=m6WsO4xFY5c&feature=youtu.be
(Bu videoda Pyoter Fedin, 20.35 Universitetining loyiha faoliyati boʻyicha metodologi qanday qilib loyiha gʻoyasini oʻylab topish va unga qaysi texnologiyalarni qoʻllash mumkinligi haqida soʻzlab beradi. Bu video, ayniqsa, Rossiyaning “Milliy texnologiya tashabbuslari”ning bozor va texnologiyalaridan yaxshi xabardor boʻlmasangiz, sizga ancha naf keltirishi mumkin.

Avvalgi intensivlarda qatnashgan talabalar ishlanmalari haqidagi maqolalar
https://cutt.ly/eydXeof
https://cutt.ly/8ydXrIP

Onlayn intensiv haqida batafsil: https://students.2035.university/

2020-05-01