2022-yil 3-fevralda so‘rov natijalariga ko‘ra, joriy yildagi birinchi Startap maslahati bo‘lib o‘tadi, unda dasturchi bo‘lgan 6 yillik ish stajiga va startaplarni amalga oshirish bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega Muslimbek Pirnazarov maʼruzachi boʻladi.
Uning startaplariga quyidagilar kiradi:
- Mammo Cancer AI - sunʼiy idrok yordamida koʻkrak saratoni tashxisi;
- PACS Medical Image Viewer - tibbiy tasvirlar bilan ishlash uchun veb-platforma;
- Bike sharing – Toshkent shahrida to‘liq velosiped ijarasi mahsulotini yaratish;
- connectr.ai - biznes jarayonlarini avtomatlashtirish;
- axle.ai - media boshqaruvi.
Muslimbek LG CNS Uzbekistan kompaniyasida dasturchi bo‘lib ishlagan, My Gov Uz uchun OneID loyihasida ishlagan. Shuningdek, u Toshkentdagi Turin politexnika instituti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkentdagi Webster universiteti va Toshkentdagi Xalqaro Kembrij universitetida talabalarga dasturlash bo‘yicha saboq berish orqali o‘qituvchilik tajribasiga ega.
Bugungi kunda Muslimbek startaplar bilan shug‘ullanuvchi va talabalarga ularning loyihalarini amalga oshirishda yordam beruvchi – “Turin Invest Soft Solutions” kompaniyasi rahbari hisoblanadi.
Startup Adviceʼga roʻyxatdan oʻting va startap loyihalaringizni ishlab chiqish uchun kerakli bilimlarga ega boʻling!
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSceKArTFgXBSBGBG4KwsKwLPcRMupTc9xvgZKh8Az9Bt1pGeQ/viewform
2022-02-01