2021-yil 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi 208-maktabning 9-sinf o‘quvchilari IT Park’ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, hamda, bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Talabalarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, axborot texnologiyalari sohasining istiqbollari haqida so‘zlab berildi.
Maktab o‘quvchilari va talabalar uchun tashkil etilayotgan bunday ekskursiyalar IT sohasini yoshlar o‘rtasida ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday qilib, ular eng talabchan faoliyat sohalaridan biri haqida shaxsan o‘rganishlari, qolaversa, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va IT Park xodimlari bilan muloqot qilishlari mumkin.
2021-12-27