63 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomidan mahrum etildi

IT Park rezidenti maqomini olishni xohlovchi IT-kompaniyalar soni muttasil ortib bormoqda.  Biroq, turli sabablarga ko'ra bunday maqomdan mahrum bo'lgan va shunga mos ravishda soliq imtiyozlaridan mahrum bo'lgan korxonalar mavjud.

Xususan, bugungi kunga qadar 63 ta kompaniya o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun IT Park rezidenti maqomini yo‘qotdi (toʻliq roʻyxat bilan quyida tanishish mumkin).

Eslatib o‘tamiz, rezidentlar faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qarori talablariga muvofiq bo‘lishi shart. Qolaversa, kompaniyalar IT Park rezidenti faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga amal qilish majburiyatini oladilar, ya’ni:

• biznes-rejada ko‘rsatilgan ishlarni Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;

 • IT Parkga har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;

 • har yili moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Parkga taqdim etish;

 • rezidentning IT Park bilan faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

Nizom talablarini buzgan rezidentlar IT Park rezidenti maqomidan mahrum etiladi hamda soliq organlari imtiyozlarni bekor qilish choralarini koʻrgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga belgilangan tartibda soliq to‘lash majburiyatlari tiklanadi.

2023-02-10