2020-yil 18-aprel kuni CS:GO va FIFA20 boʻyicha “Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK” kibersport onlayn turniri yakunlandi. Uch kun koʻz ochib yumguncha oʻtib ketdi va turnirning masofaviy formatda tashkil etilganiga qaramay, oʻyin oʻz jarayonini bir daqiqaga ham toʻxtatmasdan, doimiy faol holat tartibida boʻldi va tomoshabinlar koʻzini quvontirib, yorqin va juda chiroyli kechdi.
Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 4-apreldan 14-aprelgacha biz turnirda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qildik. Butun Oʻzbekistondan CS:GO boʻyicha 64 ta guruhdan 384 ta ishtirokchi ariza topshirdi va FIFA20 uchun 286 ta yakka tartibda oʻynaydigan oʻyinchilar roʻyxatga olindi.
Turnir jadvalini ushbu lavha orqali ko’rishingiz mumkin: https://cutt.ly/et57eAN
Turnirning birinchi kunida, CS:GO oʻyini boʻyicha, biz chorak final uchun saralash oʻyinlarida qatnashgan 64 ta jamoaning oʻyinini kuzatdik. Shulardan 8 ta jamoa chorak final bosqichiga oʻtdi va mamlakatning eng yaxshi jamoalari ekanliklarini isbotlay oldi. Koʻplab jamoalar oʻyinda oʻzlarining professionalliklarini namoyish etidilar va har qanday raqibga qarshi tura olishlarini yana bir bor isbotladilar.
Turnirning eng yaxshi kibersportchilar fikrini bu yerda o’qishingiz mumkin: https://cutt.ly/Xt57uFs
Ikkinchi kuni ARCRED va VENOM, Gonzo Gaming va Fdnz eSports, STORMIX va Liberty, Speedrunners va ABSRBD jamoalari oʻrtasida juda ajoyib, tomoshabop virtual jang, yarim final va final uchun jang boʻlib oʻtdi. Bu oʻyinlar natijasida, quyidagi jamoalar, yaxshi maʼnoda aytganda, yarim finalga chiqish va birinchi oʻrin uchun kurashish huquqini qoʻlga kiritishdi: ARCDRED va Fdnz eSports, shuningdek Liberty va Speedrunners.
Ekspertlarning finalga oid prognozlarini shu lavha orqali o’qishingiz mumkin: https://cuu.su/580/
Prezentatsiya – «Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK»: https://cutt.ly/syqtTTa
Turnirning soʻnggi kuni – 2020-yil 18-aprel kunida esa, finalda va uchinchi oʻrin uchun kurashda quyidagi jamoalarni koʻrdik:
Yakuniy hisobda, 25 million soʻm miqdoridagi sovrinni qoʻlga kiritgan gʻolib jamoa, Liberty bilan kechgan final uchrashuvida katta farq bilan gʻalaba qozongan ARCRED jamoasi boʻlganligini eʼlon qilishdan mamnunmiz. Ikkinchi oʻrinni mos ravishda 15 million soʻm olgan Liberty jamoasi, uchinchi oʻrinni esa 10 million soʻm olgan Fdnz eSports jamoasi egalladi.
FIFA20 oʻyiniga kelsak, 286 kishidan 128 kishi ikkinchi bosqichga, 64 ta ishtirokchi uchinchi bosqichga oʻtdi va shu tariqa har bir turda oʻyinchilar soni naqd yarmiga kamayib bordi. Yakuniy hisobda ikki nafar oʻyinchi finalda qolishdi, ular: Matyoqubov Dilshod va Solixboyev Qahramon.
Matyoqubov Dilshod va Solixboyev Qahramon oʻrtasidagi final jangida Dilshod 2:1 hisobi bilan gʻalaba qozondi. Natijada birinchi oʻrinni Matyoqubov Dilshod, ikkinchi oʻrinni Solixboyev Qahramon va uchinchi oʻrinni Qayumov Abdusapi egalladi.
Matyoqubov Dilshod munosib ravishda 5 million soʻmlik pul mukofotiga ega boʻldi. Solixboyev Qahramon – 3 million soʻm va Qayumov Abdusapi – 2 million soʻm.
Mazkur turnirning barcha oʻyinchilari chiroyli va munosib oʻyinlar namoyish etdilar va bu bilan kibersport Oʻzbekistonda oʻz oʻrniga egaligini va mamlakatda eng muhim oʻrinlardan birini egallashini koʻrsatib berdilar!
Turnir tugaganidan soʻng biz tashkilotchilar va gʻoliblardan “Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK” haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishlarini soʻradik va ularning oʻtgan musobaqalar haqida fikrlarini bilib oldik.
1 “IT Park Uzbekistan” direktori – Ibragimov Farxod
–«Bizning yosh tashkilotimiz uchun ushbu turnir kibersport sohasidagi birinchi ivent boʻldi. Biz tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish uchun bor kuchimiz bilan harakat qildik. Albatta, biz buni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va hamkorlarimiz – Adrenalin Rush, RevoTech, Ucell, Uzreport, Futbol TV, Xabar uz, Spot uz, Troll uz koʻmagisiz qila olmas edik. Biz ulardan, shuningdek bizning barcha ishtirokchilarimizdan va turnirimizni kuzatib borgan barcha tomoshabinlarimizdan bizni qoʻllab-quvvatlaganliklari va ishonch bildirganliklari uchun cheksiz minnatdormiz. Shubhasiz, yaqin kelajakda bizning sportchilarimiz ham xorijiy sportchilardan kam emasligini namoyish qilish uchun mahalliy kibersportni rivojlantirish maqsadida bunday turdagi tadbirlarni yanada koʻproq tashkillashtiramiz, shuningdek professional geymerlarimiz soni va sifatini oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratamiz”.
2. IT-Markazlar direktori – Alibekov Nodir
– “Kiber-oʻyinchilar hamjamiyati anchadan beri oʻz mahoratini namoyish etish imkoniyatini kutishmoqda. Biz “Prezidentning beshta tashabbusi” dasturini amalga oshirish doirasida bunday loyihalarni amalga oshirayotganimizdan mamnunmiz. Biz mamlakatdagi geymerlardan, xususan, turli yoʻnalishlar boʻyicha professional jamoalarni tashkil etilayotgani boʻyicha koʻplab ijobiy fikrlarni oldik. Biz endilikda Dota2, PES2020 va boshqa yoʻnalishlarda tadbirlar oʻtkazishni rejalashtiryapmiz. Ushbu turnir faqat boshlanishi!
IT-Park, Moliya vazirligi koʻmagida, mamlakatda kibersportni rivojlantirish uchun infratuzilmani rivojlantirishni, ayniqsa viloyatlarda foydalanish uchun yuqori tezlikdagi Internet, kuchli shaxsiy kompyuterlar boʻlishini taʼminlashni rejalashtirmoqda.
Kibersportchilarni raqamli texnologiyalar orqali oʻqitish muhim elementlardan biridir. Mamlakatimizning eng yaxshi geymerlari tomonidan oʻtkazilgan vebinarlar, onlayn kurslar va boshqa koʻplab tadbirlar ham bizning kelgusidagi rejalarimiz roʻyxatiga kiritilgan”.
3. Revotech kompaniyasi rahbarining yordamchisi – Jalilova Madinaxon
– “Turnir juda qiziqarli, hissiyotlarga va taassurotlarga boy boʻldi. Bugungi kunda mazkur yoʻnalishni, albatta rivojlantirish kerak. Ammo bu biz foydalanishimiz mumkin boʻlgan imkoniyatlarning hammasi emas. Biz kibersportni rivojlantirish va bunday tadbirlarni tashkil etish boʻyicha boshqa mamlakatlarning ham tajribasini oʻrganishimiz kerak.
Shunga qaramasdan, birinchi qadam uchun – bu yaxshi namoyish va natija. Biz chindan-da tarixga kirdik.
REVOTECH kompaniyasining rahbariyati aʼlo darajada tashkil etilgan mazkur tadbir uchun IT Park jamoasiga, va albatta, vazirlikka koʻrsatilgan yordam va qoʻllov uchun minnatdorlik bildiradi. Shu jumladan, Nodir Alibekovga qatʼiyat va matonat uchun alohida tashakkurlarimiz!”
4. Adrenaline Rush va ZIP brend menejeri – Mamadaliyev Muzaffar
-“Birinchi galda Adrenaline Rush savdo belgisiga murojaat qilib, bosh homiy sifatida qatnashish taklifini bergan IT Park xodimlariga minnatdorlik bildiraman. “Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK” kabi turnirlarni tashkil qilish bizning kompaniyamiz uchun yangilik. Shunga qaramay, biz mamlakatimizda kibersportni rivojlantirishga qaror qabul qildik.
Turnir yuqori saviyada oʻtkazildi. Men avvalo ushbu turnirga yozilgan ishtirokchilar va tashkilotchilar uchun ochilgan Telegram messenjeridagi guruhda juda koʻp ijobiy fikrlarga guvoh boʻldim. Men kibersportchilarimizni qanoatlantirgan turnirni tashkil qila olganimizdan mamnunman.
Oʻymaymanki, kelgusida Adrenaline Rush Oʻzbekistonda kibersportni rivojlantirish uchun oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi”.
Va albatta, turnir gʻoliblari ham oʻtgan musobaqa haqidagi fikr va taassurotlari bilan oʻrtoqlashishdi.
1. ARCRED – CS:GO distsiplinasi gʻolibi
Djurayev Doniyor Muratxanovich «ARCRED» va «fdnz eSports» tashkiloti direktori.
-«Men har doim kiber-komanda haqida orzu qilardim ,ularni to’pladim.Ular mening mag’rurligim! Tashkilot eng yuqori darajada, IT Park yoshlarga o’z iste’dodlarini ko’rsatish uchun imkoniyat berishiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman».
Jamoa murabbiyi – Doniyor “d0N1NjA” Muydinjonov
-“Turnir yaxshi oʻtdi, hammasi yuqori saviyada. Tashkilotchilarga rahmat. Oʻzbekistonda kibersport rivojiga qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdormiz”
Yan “uRuRuRzZ” Inyaev
-“Turnir yaxshi tashkillashtirilibdi, hissiyotlarga boy boʻldi. IT Park va Adrenalinga shunday ajoyib turnir uchun tashakkur”.
Isfan “ISFAN666” Abdurakhimov
–“Turnir yuqori saviyada oʻtdi. Oʻyin va tashkiliy ishlarda muammo kuzatilmadi. Biz turnirdan qoniqdik, kelajakda nafaqat onlayn, balki Lan turnirlar tashkil etilishini xohlardik. Oʻzbekistonda, oz boʻlsa-da, kibersportga eʼtibor qaratilayotganidan mamnunmiz”.
Boris “searound” Kim
-“Ushbu turnirning barcha tashkilotchilariga rahmat, turnir juda joʻshqin kayfiyatda oʻtdi. Barcha oʻzini munosib tomondan koʻrsatdi, hammasi yuqori saviyada oʻtdi. Sovrin pullarini skinlarga sarflayman!”
Timur “Timurkatzjee” Abdullin
-“Ajoyib turnir – 10/10. Menga juda yoqdi. Tashkilotchilarga rahmat, shunday turnirlar, faqat Lan formatda oʻtsa, boshimiz koʻkka yetardi”.
Shakhzod “d0za_l” Yarkulov
-“Yaxshi turnir, hammasi kechikishlar oʻtdi, adminlar barcha masalalarni hal qilishdi, sharhlovchilar ham oʻz ishlarini yaxshi uddalashdi. Sovrin pullarini ota-onamga beraman. Tashkilotchilar IT Park va Adrenaline Rushʼga minnatdorlik bildiraman. Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolaman, kelgusida bunday turnirlar faqat va faqat koʻpayadi, degan umiddaman.«
Shuningdek, biz FIFA20 distsiplinasi boʻyicha gʻolib boʻlgan Dilshod Matyoqubov bilan suhbatlashdik.
-“Oʻzim deyarli 15 yildan beri FIFA oʻynayman va bunday turnirlarda koʻp qatnashganman. Shu bois turnir tomondan meni hayratlantirish juda qiyin. Eʼtiroz yoki qandaydir noroziliklarim yoʻq. Hammasi yaxshi oʻtdi, hamma narsa oʻz vaqtida, belgilangan jadval boʻyicha boʻldi. Raqiblarga kelsak, eng avvalida, turnir boshidagi raundlar men uchun ancha oson kechdi. Biroq turnir oxirida kuchli raqiblarga duch keldim, ayniqsa yarim finalda, xullas, Abdusapi Qayumov va Qahramon Solihboyev tajribali fiferlar. Umuman, turnirdan juda qoniqdim. Yutib olingan pullarga, menimcha, yangi PlayStation sotib olsam kerak”.
Oʻtgan uch kun davomida koʻzimiz guvoh boʻlgan va quloqlarimiz eshitgan hodisalarga qarab, bunday turnirlar jamiyatga, ayniqsa, choʻqqilarga intilayotgan va kibersport sohasida oʻz malakasini yuksaltirmoqchi boʻlgan yosh avlodga manfaat keltirishini ishonch bilan taʼkidlashimiz mumkin. Biz bu kabi turnirlar, shu jumladan ushbu oʻtgan turnirning tashkil etilganidan mamnunmiz. Umuman olganda, yuqori ping, u qadar yaxshi boʻlmagan internet va boshqa sabablarga qaramay barcha turnirdan qoniqish hosil qildi.
IT Park shuni ishonch bilan aytishi mumkinki, bunday turnirlar va mamlakatda kibersport va umuman axborot texnologiyalari taraqqiyotiga turtki beruvchi har qanday faoliyat, bizlarning muhim vazifalarimizdan biri ekan. Biz Oʻzbekistonda IT sohasini faol rivojlantirsh, sohaga qiziqqan odamlar safini kengaytirish va ushbu yoʻnalish salohiyatini bir necha pogʻonaga koʻtarishda davom etamiz. Bu hali boshlanishi!
2020-04-19