AKT Vaziri Sherzod Shermatov IT Parkʼning Qashqadaryodagi filialiga tashrif buyurdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov IT Parkʼning Qashqadaryo viloyatidagi filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u filial faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Tadbir davomida IT Park Qashqadaryo viloyatidagi filialining istiqboldagi rejalari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va 2022-yilga mo‘ljallangan tegishli vazifalar belgilab olindi.

 Bundan tashqari, Sherzod Shermatov Qarshi shahridagi IT-Markazida o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi, markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan ham suhbatlashdi.

 Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida ham bo‘lib, talabalar bilan suhbatlashdi.

OTM talabalari tarmoqni kengaytirish va IT sohasini o‘rganish motivatsiyasini oshirish uchun bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

2022-04-18