AKT Vaziri tomonidan hikoyalar tanlovining gʻolibi kim boʻldi?

2021-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar forumi-2021”da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini e’lon qildi.  Tanlov doirasida eng yaxshi hikoyalarning 10 ta muallifi IT-Markazlarida o‘qish granti uchun kurashdilar.

Tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, unda nima uchun IT-Mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edilar.

Tanlovning 10 nafar IT-kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan g‘oliblar noutbuklar bilan taqdirlandilar va IT-kompaniyaga ishga joylashishda yordam oladilar.

Tanlovda 1400 dan ortiq kishi ishtirok etdi, ulardan TOP-10 hikoyani tanladik.

Gʻoliblar:

1. Nargiza Arziyeva – Toshkent shahri;

2. Kamron Kamolov – Toshkent shahri;

3. Ravshanbek Isakov – Toshkent shahri;

4. Samandar Safarov – Toshkent viloyati;

5. Og'abek Xidoyatov – Toshkent viloyati;

6. Abubakir Yunusaliyev – Farg‘ona viloyati;

7. Malohat Bobozaripova – Qashqadaryo viloyati;

8. Shaxnoza Barakayeva – Buxoro viloyati;

9. Nargiza Barakaeva – Buxoro viloyati;

10. Ziyovuddin Nomozov — Samarqand viloyati.

Masʼul menejerlar gʻoliblarning har biri bilan bogʻlanadilar.  G‘oliblarni tabriklaymiz va kurslarni muvaffaqiyatli yakunlashingizni tilaymiz!

 

2022-01-10