2020-yil 31-avgust kuni algoritmik dasturlash va sun’iy idrok bo‘yicha ikkinchi butunrossiya onlayn festivali, RuCode Festival - Stepik platformasidagi onlayn kurs boshlandi!
Eslatib o‘tamiz, festival tashkilotchilari - Moskva fizika-texnika instituti, Rossiyaning o‘n besh ta mintaqasidagi yetakchi universitetlar, Prezident grantini taqdim etuvchi Fond tomonidan berilgan Rossiya Prezidentining grantidan foydalangan holda fizika maktablarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, hamda IT Park.
Sizda esa tanlovlar mavjud - intensivlar uchun onlayn saralashdan iborat, festivalning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradigan uchta onlayn kurs.
“Sport dasturlashi uchun C/C++ asoslari”
C va C++ sport dasturlashi uchun mos keluvchi tillardir. Kurs sizga til haqidagi umumiy tushunchalarni beradi.
Dastur moduli:
1-Modul: O‘zgaruvchilar
2-Modul: Shartli operatorlar va sikllar
3-Modul: Massiv va vazifalar
4-Modul: Ma’lumotlar murakkab tuzilmalari
5-Modul: Bit operatsiyalari va hisoblash tizimlari
Kursga ro‘yxatdan o‘tish: https://stepik.org/course/80538/promo
“Sport dasturlashni tezroq boshlash”
Kurs sport dasturlashi olamiga kirishga yordam beradi. Turli darajadagi sport dasturlash bo‘yicha bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur nazariy hamda amaliy boshlang‘ich jihatlar ko‘rib chiqiladi.
Dastur modullari:
1-Modul: Boshlang‘ich algoritmlar
2-Modul: Raqamlar nazariyasi
3-Modul: Dinamik dasturlash
4-Modul: Graflar nazariyasi
Kursga ro‘yxatdan o‘tish: http://https://stepik.org/course/64454/promo
“Sun’iy idrokni tezroq boshlash”
Kurs sun’iy idrok olamiga kirishga yordam beradi, “tez boshlash”ingizga ta’minlaydi, shuning barobarida, SI sohasi bilan yaqindan tanishish, kelgusida esa mazkur sohada izlanish yoki faoliyat olib borish imkonini beradi.
Dastur modullari:
1-Modul: Mashinaviy ta’lim
2-Modul: Kompyuterni ko’rish
3-Modul: Tabiiy tillarni qayta ishlash
4-Modul: Ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy idrokda matematik g‘oyalar
Kursga ro‘yxatdan o‘tish: https://stepik.org/course/80782/promo
Kurs dasturlari haqida batafsil festival saytida ma’lumot olishingiz mumkin.
RuCode da ko‘rishguncha!
Sayt havolasi: https://www.rucode.net/#/
2020-09-02