Alibaba kompaniyasi bilan raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati va IT Park Uzbekistan vakili Guandun provinsiyasida joylashgan mamlakatning eng yirik moliyaviy va texnologik markazlaridan biri — Shenchjen shahrida bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Alibaba Cloud Intelligence” kompaniyasining vitse-prezidenti va boshqaruv direktori Daniel Chjao hamda Alibaba.com kompaniyasining elektron tijorat biznes guruhi Bosh ijrochi direktori Fan Jing bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishdilar.

2025-06-18