AloqaTechLab startap loyihalari uchun Pitch Day

“AloqaTechLab” korporativ akseleratorida startap loyihalari uchun Pitch Day boʻlib oʻtdi.

Tadbir aralash formatda: 13 may kuni onlayn formatda, 14 may kuni Inha universitetida oflayn tarzda o’tkazildi.

 Loyihaga startap g‘oyasi bo‘lgan boshlang’ich darajadagi jamoalar hamda ishlab chiqilgan biznes modeli va MVPga ega bo‘lgan tajribali jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda ishtirok etdi: fintech, elektron tijorat, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt.

AloqaTech Lab IT Park, Aloqabank tijorat banki va Aloqaventures venchur fondi tomonidan ishga tushirildi. Bu uch oylik korporativ akselerator bo‘lib, u mutaxassislar ko‘magini, shuningdek, loyihalarni ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketing qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Dasturga jami 386 ta ariza topshirilgan bo‘lib, ulardan 81 tasi o‘z loyihalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdi. Har bir loyiha taqdimoti uchun 3 daqiqa, hakamlar hay’atining savollariga 3 daqiqa vaqt ajratildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari:

 - Farrux Maqsumov - IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish bo'limi boshlig'i;

 - Jahongir Kagirov - IT Park loyiha menejeri; 

- Abdullaev Mirolim - loyiha menejeri;

 - Irina Shein – “Aloqabank” loyiha menejeri;

 - Po‘latjon Davronov – “Aloqabank” loyiha menejeri.

AloqaTech Lab loyihasi doirasidagi Pitch Day barcha ishtirokchilar uchun ularning har biri o‘z maqsad va orzulari sari yana bir muhim qadam tashlaydigan kunga aylandi. Loyiha yakunlangach, eng yaxshi startaplar 50 ming AQSH dollarigacha investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin.

Pitch Day natijalariga ko'ra, quyidagi loyihalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yo’naltiriladi:

Inkubatsiya dasturigа:

1. Universal ID kartalar

2. AgroW (AgroWorld)

3. aiPAY

4. Arzonbizda

5. BANK-KEEPER

6. BBEPX BaaS

7. Carbozor

8. Deepspectr

9. GPTuz

10. Holder

11. Iltimos

12. Lemix

13. Let's Go

14. MEDBOX

15. My Health Vessels

16. Online Price Monitor

17. Postinator

18. Qaldirgoch

19. RiskUz

20. SERVICE ME

21. Talimda 3D

22. TAQVA

23. Tezsot

24. Tradific

25. Utour

26. Where to Go

27. Zero

 

Akseleratsiya dasturiga:

1. Mening hisobchim

2. Agrify

3. ArzonArenda

4. Beautify.uz

5. Cashier

6. Coozin

7. Digital SaaS

8. E-POS Systems

9. Kale

10. MentorMe

11. Monetary

12. Mpro

13. My Dars

14. MyDengi

15. MyPoint

16. Resttab

17. SBD-ERP.0

18. slondo.uz

19. Sug'urta Bozor

20. Systematic

21. Tasnet

22. TOPX.UZ

23. Uzbtextile

24. Zon.uz

2022-05-20