Amity Universitetida Ucell & IT Park korporativ akseleratsiyasi doirasida “Demo Day” boʻlib oʻtdi

Amity Universitetida Ucell & IT Park korporativ akseleratsiyasi doirasida Demo Day boʻlib oʻtdi

2020-yilning 12-dekabr kuni IT Park tomonidan Ucell bilan hamkorlikda tashkil qilingan mamlakatimizdagi birinchi “Ucell” Corporate Acceleratorning Demo Day’i boʻlib oʻtdi.

Shu kuni startaplarga oʻz loyihalarini mutaxassislar va boshqa mehmonlarga taqdim etish, shuningdek, akseleratsiya dasturi davomida olib borgan ishlarining natijalarini namoyish qilish imkoniyati berildi.

Tadbirda IT Park akseleratsiya startaplarini 
rivojlantirish menejeri Jahongir Rajabov, IT Park investitsiyalar boʻyicha bosh menejer Sasha Sternik, Ucell Marketing direktori Andrey Shadrin, “Startap Tashabbuslari” dasturi koordinatori Usmon  Raximjonov, Ucell’ning raqamli va kontent xizmatlari boʻlimi boshligʻi Sherzod Rustamov, IT Ucell mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash boʻlimi direktori Dilmurod Abduraxmanov hamda startap asoschilari va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.


Bundan tashqari, maxsus taklif qilingan mehmon - OSTO asoschisi Dilya Alimova oʻzining taqdimotini namoyish etdi va akseleratsiya dasturini tamomlagandan soʻng startap asoschisi nimalar qilishi kerakligi haqida soʻzlab berdi.


Shu kuni 6 ta jamoa oʻz loyihalarini taqdim etdi:


ВЖИХ - bu foydalanuvchi manziliga etib borishi uchun aholiga yaqin stantsiyalarda elektr skuterlarni ijaraga berishni ta’minlovchi servis;

“2work - bu uy xoʻjaligi va kichik biznes xizmatlari bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni topish va hal qilish uchun yordam beradigan platforma;

“Smart studio – bu onlayn tarzda dars oʻtadiganlarning oʻqitish uslubini takomillashtirishga yordam beruvchi platforma. Yordam AR texnologiyalarini joriy etish, real vaqt rejimida murakkab effektlarni yaratish hamda qiymatni sodiq va faol auditoriya shaklida olishdan iborat;

Mobigruz - bu yuk tashuvchi va haydovchilarga bir-birini topishda yordam beradigan mobil ilova;

Teamwork.uz - bu butun dunyo boʻylab IT xizmatlarini koʻrsatadigan O'zbekistonlik IT sohasidagi frilanserlarni topishga yordam beradigan onlayn platforma;

“Wetalk” (ZOOM analogi) - bu onlayn ta’limga yoʻnaltirilgan Zoom kabi video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi ilova.


Loyihalar quyidagi maxsus hakamlar hayati tomonidan baholandi.

1.  IT Park investitsiyalar boʻyicha bosh menejeri – Sasha Sternik;

  1. “Startap Tashabbuslari” dasturi koordinatori - Usmon Rahimjanov;
  2. Ucell Marketing direktori - Andrey Shadrin;
  3. Ucell kompaniyasining raqamli va kontent xizmatlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi - Sherzod Rustamov;
  4.  Ucell kompaniyasining IT mahsulotlari va xizmatlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi - Dilmurod Abduraxmanov.



Demo Day’ning natijalari boʻyicha, hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 3 ta loyiha saralanib olindi hamda ular Ucell & IT Park korporativ akseleratori birinchi toʻlqinining mutloq gʻoliblariga aylanishdi:

1. “2work”

2. “Smart Studio”

3. “MobiGruz”

Gʻoliblarga Ucell & IT Park korporativ akseleratori tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalar topshirildi. Shuningdek, kelgusida jamoalarga Ucell bilan birgalikda oʻz loyihalarini amalga oshirish ustida ishlash imkoniyati beriladi.

2020-12-15