22-iyul, soat 18:00 da IT Park Toshkent filialida “Minimal harakat — maksimal imkoniyatlar: Apple bilan samarali rejalashtirish bo‘yicha qo‘llanma” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri ASBC (Apple’ning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori) B2B yo‘nalishi rahbari Farrux Muhitdinov.
Seminar davomida spiker quyidagilar haqida batafsil ma’lumot beradi:
• vaqtni samarali boshqarish (time management);
• shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish;
• bir vaqtning o’zida bir nechta vazifalarni bajarish;
• axborotdan umumiy foydalanish;
• mutaxassisning zamonaviy ish joyi;
• Apple ekotizimlari.
Seminarga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://forms.gle/FKZxg47UNwxXhqG8A.
Malumot uchun:
ASBC — bu B2B, B2C va elektron tijorat yo'nalishlariga ega bo'lgan 7 mamlakatda ofislari mavjud kompaniyalar guruhi. Kompaniya IT-biznes uchun samarali yechimlar va xizmatlarni taqdim etish bilan shug'ullanadi. ASBC mintaqada chinakam ravishda Apple Enterprise segmentidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
2022-07-18