2022-yil 19-fevral kuni Logo tilida dasturlashni o‘rganish uchun xuddi shu nomdagi onlayn o‘yin yaratuvchisi Balatech tomonidan tashkil etilgan Xalqaro dasturlash olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. IT Park ushbu olimpiadani tashkil etishda hamkor hisoblanadi.
O‘zbekistondan xalqaro olimpiadaga 10 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, olimpiadada 5–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Eng muhimi, olimpiada ishtirokchisi bo‘lish uchun dasturlash va aniq fanlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lish shart emas. Mantiqiy oʻyinlarni yakunlash uchun Internetga ulangan smartfon yoki kompyuter kerak.
Olimpiada g‘oliblari quyidagi sovg‘alarga ega bo‘ladilar:
9 ta oltin o‘rin – har bir yosh guruhida 3 ta oltin o‘rin, sovrinli o‘rinlar quyidagilar boʻladi: noutbuklar, smartfonlar, Britaniya, Germaniya, Italiya va Malayziyaning yetakchi OTMʼlarida o‘qishga chegirmalar;
30 ta kumush oʻrinlar – har bir yosh guruhida 10 ta kumush oʻrinlar, ularning mukofotlari: taʼlim kurslariga bir yillik obuna, Italiya OTMʼlariga kirish uchun test sinovlari;
150 bronza oʻrinlari – har bir yosh guruhida 50 ta bronza oʻrinlari, ularning sovrinlari dasturlash boʻyicha oʻquv kurslariga chegirmalar boʻladi.
Bundan tashqari, chempionatda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik ishtirokchilarga O‘zbekistondagi IT-Markazlarida bepul o‘qish uchun sertifikatlar taqdim etiladi.
Muhim! Olimpiada boshlanishidan oldin balatech.org platformasida o‘quv topshiriqlarini bajaring. Bu sizning gʻalaba qozonish imkoniyatingizni oshiradi.
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 18-fevral.
Olimpiada o‘tkaziladigan sana: 19-fevral.
Jadval (Bishkek vaqti bilan):
12:00 – olimpiadaning ochilishi;
12:30 – musobaqaning boshlanishi;
14:00 – natijalarni eʼlon qilish;
14:30 – olimpiadaning yopilishi.
Savollar uchun: tech.balatech@gmail.com
Roʻyxatdan oʻtish uchun: http://balatech.org
2022-02-18