Bo‘lg‘usi IT tadbirkorlar, 15-oktyabr kuni soat 17:00 da USAID CTJ loyihasi tomonidan tashkil etilgan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi, unda spikerlar, Bobir Akilxonov va Sardor Ahmedov muvaffaqiyatli IT tadbirkori bo‘lish borasidagi hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Vebinarning maqsadi — innovatsiya, texnologiya va taʼlimning xilma — xilligi va ahamiyatini namoyish qilish. Vebinar ish bilan taʼminlash imkoniyatlarini yaxshilash va yosh tadbirkor ayollar, yoshlar va talabalarning biznes koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad — texnologiya, innovatsiya va tadbirkorlik sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb etgan holda vebinar yordamida qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik madaniyatini ragʻbatlantirish va muvaffaqiyatli biznesni tashkil etish maqsadida oʻzbekistonlik talabalar va yoshlar bilan muvaffaqiyat tarixlarini baham koʻrish.
Spikerlar haqida qisqacha:
— Bobir Akilxonov - Forbes Tech Council tarkibiga kirgan birinchi o‘zbekistonlik IT tadbirkor. Shuningdek, u Billur.com hosting kompaniyasi hamta’sischisi, Plov.com investori, KupiOtpusk va Blockcrunch Capital xolding kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.
— Sardor Ahmedov “Nutra First” va “Jafton” loyihalari bilan shug‘ullanadi, “Uzbek Diaspora” NNT hamta’sischi hisoblanadi va ko‘plab xalqaro loyihalar uchun IT maslahatchi sifatida ishlaydi.
Narxi: bepul
Onlayn seminarni o‘tkazish tili: ingliz tilida rus tiliga tarjima bilan
Ishtirok etishni xohlaysizmi?
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://zoom.us/webinar/register/WN_iy3z12xOToq5GUpOvVAluA
Vebinarda ko‘rishguncha!
2020-10-13