IT Park USAID’ning tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi ko‘magida foydali va kreativ ilovalarni ishlab chiqish maqsadida “Bir Jamoa” ideatonini tashkillashtirgan edi.
Ideaton asosan ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy tenglik va inklyuzivlikni qo‘llab quvvatlaydigan, shuningdek, o‘zini yaxshi dasturchi, dizayner yoki loyiha menejeri deb hisoblaydiganlar uchun tashkil etildi.
Jami kelib tushgan arizalar soni - 147 kishi, ulardan:
- Talabalar: 66,7%
- Boshqalar: 15,6%
- Maktab: 13,6%
- Lisey / kollej: 4.1%
Ideatonda ishtirok etgan jamoalar:
1. Fantastic Team
2. Orphan
3. Trust group
4. Maydon.uz
5. Opportunities Academy
6. 2+1 Team
7. Tolerantia
8. IQ_Best
9. Unitcell
Ideaton mentorlari quyidagilardan iborat:
- “Tumaris.Tech” loyihasi koordinatori - Aleksandra Sternik;
- “O‘zbekiston internet tadbirkorlari va elektron savdo assosiasiyasi” NNT kengashi raisi - Sabina Akbarxodjayeva;
- IT Akademiyasining rivojlanish va jamoatchilik bo‘yicha menejeri - Dilmurod Nasibullayev;
- O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha agentligining Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish va motivatsion ko‘mak bo‘limi boshlig‘i- Mirjalol Mirsabitov;
- Payme Business bo‘limi mutaxassisi, Payme kompaniyasida Android dasturchi - Sardor Islomov.
Natijada quyidagi jamoalar ideatonning mutloq goliblariga aylanishdi:
1-o‘rin – «Orphan»
Mehribonlik uylari bitiruvchilarining ijtimoiy moslashuviga yordam beradigan loyiha;
2-o‘rin – «Trust group»
Ijtimoiy tenglik haqidagi videoroliklarni taqdim etadigan YouTube kanali;
3-o‘rin – «Fantastic Team»
- Onlayn ta’lim olish va dars berish maqsadida ishlab chiqilgan platforma.
Gʻoliblarga mobil uskuna va gadjet ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
2020-12-30