Bir kun qoldi: “Students Cup” talabalar tanlovining final bosqichi!

2020-yilning 12-dekabr kuni Toshkent shahridagi Moliya institutida “Students Cup” talabalar tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtadi.

8 ta OTM talabalari loyihalarini oʻzlarining universiteti nomidan taqdim etadilar. Har bir universitetdan 2 tadan loyiha taqdim etiladi.

Quyidagi OTM talabalari ishtirok etishadi:

1) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

2) Toshkent moliya Instituti;

3) Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

4) INHA universiteti;

5) Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

6) Amity universiteti;

7) Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali;

8) Turin politexnika universiteti.

Loyihalar quyidagi hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi:

- Muzaffar Qosimov – Team University hamasoschisi;

- Igor Kim - IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari ishtirokchisi, Fastago, Tweak va boshqa koʻplab loyihalar asoschisi;

- Rustam Hamdamov - muvaffaqiyatli BILLZ startapining asoschisi;
- Sardor Islomov — Payme’da mobil dasturchi

- Nuruddin Iminoxunov — PRO Unlimited Facebook’da mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis
Eslatib oʻtamiz, tanlov sovrin jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Yuqoridagi berilgan OTM talabalari boshqa universitet qoshidagi inkubatsiya markazlarining startaplari bilan sovrin jamgʻarmasi uchun kurashish olib boradi.

Universitetlararo bosqichda gʻolib boʻlgan 3 ta eng yaxshi loyiha quyidagi miqdordagi pul mukofotiga ega boʻladi:

1-oʻrin – $15 000

2-oʻrin – $10 000

3-oʻrin – $5 000

Oʻtkazilish vaqti: 11:00

 

2020-12-11