Biz “mGovAward” respublika koʻrik-tanlovida keyingi bosqichga oʻtganlar roʻyxatini eʼlon qilayotganimizdan mamnunmiz


Biz “mGovAward” keyingi bosqichiga oʻtgan jamoalarning omadli ishtirokchilarining roʻyxatini eʼlon qilishga tayyormiz!

Musobaqada jami 264 ta jamoa ishtirok etdi va faqatgina 97 ta jamoa keyingi bosqichga chiqish sharafiga muyassar boʻldilar, bu bosqichda ularning mahsuloti mustaqil ekspert komissiyamiz tomonidan aniq belgilab qoʻyilgan mezonlarga asoslangan holda baholanadi.

Keyingi bosqichda tanlov ishtirokchilarining loyihalari ekspert komissiyasi tomonidan baholanadi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
• Taʼlim;
• Sogʻliqni saqlash;
• Turizm va madaniyat;
• Tadbirkorlik;
• Transport va logistika.

Loyihalarni baholashda asos boʻladigan asosiy mezonlar: boʻlgʻusi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.

Shuni unutmaslik kerakki, mazkur koʻrik-tanlov keyingi bosqichga oʻtgan jamoalarga birinchi oʻrin uchun belgilangan 50 000 $ miqdordagi bosh sovrin uchun kurash olib borish imkoniyatini beradi, ikkinchi oʻrin sohibi esa, 30 000 $ miqdordagi va uchinchi oʻrin sohibi 20 000 $ miqdoridagi mukofotni qoʻlga kiritadi.

Bu imkoniyat jamoalarga oʻz loyihalarini amalga oshirishda va uni munosib darajaga koʻtarishda yaxshi turtki beradi!
Jamoalar roʻyxatini koʻrish uchun havola boʻyicha oʻting: https://it-park.uz/wp-content/uploads/2020/02/spisok-komand.pdf

2020-02-27