2021-yil 23-yanvar biznes angellar maktabining so‘nggi kuni edi. U yerda mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar mahalliy tadbirkorlar bilan venchur investitsiyalari haqida bilgan bilimlari bilan bo‘lishdi.
Biznes angellar maktabi 3 kun davom etdi. Umumiy, 300 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ular orasidan faqat 70 nafari biznes angellar maktabida ishtirok etish uchun saralanib olindi.
Ushbu maktabning maqsadi - O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirishdir. Dastur IT Park tomonidan Tadbirkorlik va biznes muhitni rivojlantirish bo‘yicha USAID dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Qolaversa, maktab bitiruvchilariga ko‘mak ko‘rsatiladi, aniqrog‘i, ular uchun qo‘shimcha vebinarlar tashkil etiladi va eng asosiysi, biz boshlang‘ich investorlarga investitsiya kiritishlari uchun loyihalar topishda yordam beramiz.
Mashg‘ulotlar davomida spikerlar tomonidan qamrab olingan mavzular:
“Venchur kapitali” - Arslan Kudiyarov
- Tinglovchilar venchur investitsiyalari nima ekanligini va investorlarning qanday turlari mavjudligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, spiker investitsiya orqali pul topishning barcha mumkin bo‘lgan variantlari haqida so‘zlab berdi.
“Bitimlarni qidirish” - Igor Ovcharenko
- Igor tinglovchilar bilan eng yaxshi bitimlarni topish bo‘yicha bilimlari bilan bo‘lishdi hamda voronkani boshqarish prinsipi haqida ma’lumot berdi. U angel investitsiyalari mavzusiga ham ozgina to‘xtalib o‘tdi hamda venchur kapital investitsiyalarining asosoiy muammolari va risklari haqida tinglovchilarga gapirib berdi.
“Investitsiya loyihasi va investitsiya risklarini baholash” - Bahrom Ibragimov
- Bahrom tinglovchilarga qanday qilib investitsiya risklari nuqtai nazaridan loyihani ko‘rish, asosan nimalarga e’tibor berish, kompaniyani qanday baholash, kompaniyadagi qaysi ulushni talab qilish va shu kabi boshqa naqsalar haqida gapirib berdi.
“Venchur moliyalashtirishning huquqiy aspektlari” - Muhammadali Maxmudov
- Muhammadali o‘quvchilarini investitsiya va shartnomalarning turlari, konvertatsiya qilinadigan kreditlar, imkoniyatlar va venchur investitsiyalarining boshqa terminologiyalari bilan tanishtirdi.
“Porfolio va investisiya chiqishlari” - Karen Srapionov
- Tinglovchilar keyingi investitsiyalar, Exits va venchur fondlari haqida Karen bilan birgalikda o‘rganishga muvaffaq bo‘lishdi.
“Biznes angellarining investitsiyalari bo‘yicha biznes-keyslar” - Rustam Hamdamov
- Rustam va maktab o‘quvchilari investitsiya bo‘yicha biznes-keyslarni ko‘rib chiqish bilan bir qatorda ushbu masalaning tafsilotlari hamda boshqa muhim aspektlarini muhokama qilishdi.
Biznes angellar maktabidagi qo‘shimcha to‘rtinchi kuni, tinglovchilar Vladimir Lindel, Dostonbek Ravshanov, Arkadiy Seleznyov va Robin Butler bilan Feedback-sessiyasini o‘tkazdi. Shuningdek, o‘quvchilar namoyish maydonchalarini tomosha qilishdi va ularda o‘zlari ishtirok etishdi, xulosalar qilishdi va savol-javob o‘tkazishdi.
Spikerlar va tinglovchilarga biznes angellar maktabida faol ishtiroki hamda loyihada katta yordam berganligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Ushbu 4 kun tinglovchilar va spikerlar uchun foydali va qiziqarli bo‘ldi degan umiddamiz.
2021-01-26