Biznes-angellar maktabiga arizalar qabuli boshlandi!

Sizda faqat 18-yanvarga qadar bepul biznes-angellar maktabiga qabul qilinish imkoniyati bor. Unda sizga mahalliy hamda xorijiy spikerlar venchur investitsiya haqida malumot beradi.

Biznes angellar maktabi Ozbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu maktab doirasida chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda uch kunlik onlayn-intensiv o‘tkaziladi hamda kelgusida yanada qollab-quvvatlash korsatiladi.

Dastur IT Park tomonidan Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish bo‘yicha USAID dasturi va O‘zbekiston Venture Capital Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha vazifalari:

  • venchur investitsiyalar sohasida savodxonlikni oshirish;
  • investorlarni biznes-angellar faoliyati bilan tanishtirish;
  • biznes-angellarga investitsiya kiritish istiqbollarini baholash imkoniyatini berish;
  • investitsiya kiritish uchun startaplarni togri tanlashni orgatish;
  • xorijiy sanoat amaliyoti bilan birgalikda bozorni organishda yordam berish;
  • venchur bitimlarini tuzishni orgatish;
  • riskni boshqarishni orgatish.
     

Ma’lumot uchun:

Biznes angellari - bu turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan va o‘z mablag‘larini hamda bilim, vaqt va tajribalarini startaplarning dastlabki rivojlanish bosqichida investisiya qilish uchun yetarlicha pul to‘plagan tadbirkorlardir.

Biznes-angellar maktabining o‘tkazilish sanalari: 20-22 yanvar.

Shuningdek, barcha xohlovchilarda qo‘shimcha ekspertiza va investitsiya maslahatlarini olish imkoniyati mavjud.

Agar siz kelajakda o‘zingizni turli xil loyihalarga investisiya kiritadigan va uning ortidan ko‘p pul ishlab topadigan muvaffaqiyatli tadbirkor sifatida tasavvur qilsangiz, unda 18-yanvarga qadar (shu kuni ham) kursga yozilishga shoshiling, sababi joylar soni cheklangan: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSebCMaYSZOX0QtegXz6VZOBLfgzQV77g9SoOGIzO5pVHBcDNw/viewform?usp=sf_link
 


 

2021-01-08