Joriy yilning 20-fevral kuni Samarqandda “Venom” nomli kibersport tashkiloti tomonidan tashkil etilgan CS:CO bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnirda, IT Park “Cookie Crew” jamoasini hisobga olganda, jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Birinchi jangda yigitlar “SKD-5” jamoasiga qarshi o‘ynadi va 16:3 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Yarim finalda “TIESTO” jamoasiga qarshi bahslashdi va natijada 16:0 hisobi bilan “quruq” g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi. Final bosqichda esa “Cookie Crew” jamoasi “Weebs Team” jamoasiga duch keldi va bu safar ham 16:0 hisobida yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonishdi.
Shunday qilib, “Cookie Crew” jamoamiz IT Park homiyligida yosh kibersportchilar uchun tashkillashtirilgan ikkinchi turnirda birinchi sovrinli o‘rinni egalladi.
Navbatdagi turnir 2021-yilning 28-fevral sanasida bo‘lib o‘tadi.
Batafsil tafsilotlarni keyinroq e’lon qilamiz.
2021-02-23