Bobur Kamolovich Rahimovni “Kelajak bunyodkori” medali bilan muborakbod etamiz.

2020-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi bir guruh davlat xodimlari hamda ishchilarini taqdirlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Vatanimiz mustaqilligi, uning iqtisodiy qudrati, har jabhadagi kengko‘lamli islohotlarining amalga oshirilishi, xalq farovonligi, iqtisod sohasini raqamlashtirish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amalda joriy etish, maqbul sarmoyaviy muhitni yaratish hamda hududlar infrastrukturasida eksport potensialini rivojlantirish, shahar va qishloqlar ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish yo‘lidagi samarali mehnatlari, jamiyat hayotida millatlararo do‘stlik va kelishuvni mustahkamlashda, yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlash ruhi bilan tarbiyalashga qaratilgan ko‘pyillik samarali mehnatlari hamda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etgani uchun IT Park rezidenti “SmartChain” MCHJ rahbari Bobur Kamolovich Rahimov O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.

 

Rahimov Bobur Kamolovich - IT Park rezidenti, “SmartChain” MCHJ rahbari hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

 

"SmartChain" MCHJ kompaniyasi so‘nggi yillarda madaniyat va turizm sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda. Shu jumladan, kengaytirilgan va virtual haqiqat texnologiyalarida ham. Turli sohalarga kengaytirilgan haqiqatni qo‘llash imkonini beruvchi, bulutli texnologiyalar asosida qurilgan NazzAR dasturi shu tariqa ishlab chiqilgan. 2019-yilda NazzAR ilovasining davlat rahbari huzuridagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi va shundan so‘ng davlat rahbari tomonidan mamlakatdagi barcha yirik tarixiy yodgorliklarda mazkur tizimni qo‘llash to‘g‘risidagi ko‘rsatma berildi. Natijada Bobur Rahimov Markaziy Osiyodagi ilk aqlli muzey muallifiga aylandi. Hozirda kengaytirilgan haqqoniylik tizimi mamlakat 4 hududidagi 20 dan ortiq muzey va madaniy obyektlarida joriy etilgan.

 

Bobur Rahimov turli xalqaro maydonlarda mazkur mahsulot taqdimoti bilan ishtirok etib, turizm sohasini rivojlantirishga ko‘maklashadi va mamlakatning zamonaviy innovatsion davlat sifatidagi ijobiy qiyofasini yaratishga yordam beradi.

Kompaniya kengaytirilgan haqqoniylik sohasidagi mavjud yutuqlaridan foydalangan holda virtual yordamchi yaratish ustida ish olib bormoqda. Bir nechta texnologiyalarni jamlagan innovatsion g‘oya: kengaytirilgan haqqoniylik, sun’iy idrok va 3D modellash. 2020-yilda raqamli vazirlik imidjini shakllantirish, axborotni qabul qilish va ko‘rish sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hududida kengaytirilgan va virtual haqqoniylik elementlari muvaffaqiyatli joriy etildi. Bobur Kamolovich vazir maslahatchisi sifatida vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining axborot texnologiyalarini joriy etish hisobiga samaradorligi va shaffofligini oshirish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. U asosiy elementlaridan biri - innovatsion loyihalar va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash dasturlari, shu jumladan grant va sarmoyaviy moliyalshtirish kabilardan foydalanishni tezlashtirish va soddalashtirishni maqsad qilib olgan startap, biznes inkubator va startap akseleratorlarni ro‘yxatga hamda hisobga olish shuningdek, monitoring qilish uchun yagona onlayn platformaga ega bo‘lishdan iborat bo‘lgan vazirlik raqamli rivojlanishini va “raqamli innovatsiyalar”ini nazorat qiladi.

 

Bundan tashqari, navbatda, bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda:

- Innovatsion iqtisodiyotga o‘tishni ta’minlash uchun loyiha boshqaruvi orqali mintaqaviy rivojlanish uchun elektron platforma;

-Mahsulotlar va yutuqlarni masofadan turib namoyish qilish, texnologik almashinuv va investitsiyalarni jalb qilish uchun elektron platforma.

Bobur Kamolovich madaniyat va turizm sohalarida innovatsiyalar yaratish, shahar boshqaruviga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalarni yuritish, shuningdek o‘sib kelayotgan avlod uchun “aqlli texnologiyalar” va chet elda yurtimiz tarixiy merosini ommalashtirishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda.

 

Bundan tashqari, Bobur Kamolovich Samarqand davlat qo‘riqxona muzeyining muzey va madaniy meros obyektlariga smart-texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha faol hamda beg‘araz faoliyat olib bormoqda. Buning natijasida ko'plab muzeylar va obyektlar zamonaviy, yuqori texnologiyali smart-muzeylar safiga qo'shildi.

 

IT Park jamoasi Bobur Kamolovichni O‘zbekiston IT sohasiga qo‘shayotgan ulkan hissasi bilan tabriklaydi hamda o‘zaro hamkorlik va ishonch uchun minnatdorchiligini izhor etadi.

2020-09-01