2022-yil 23-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrida BPO School faoliyati doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
BPO School – butun mamlakat boʻylab ochilgan ixtisoslashtirilgan maktab boʻlib, unda Oʻzbekiston yoshlari BPO (biznes jarayonlari autsorsingi) sohasida ishlash uchun barcha zarur bilim va koʻnikmalarni oʻrganishlari mumkin boʻladilar. Maktabning asosiy maqsadi – yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish va IT-xizmatlari eksportini oshirishdan iborat.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Tanlov davomida Vazir BPO School o‘quvchilari bilan suhbatlashdi, hamda, BPO yo‘nalishini yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Taʼkidlash joizki, 3 nafar oʻqituvchi va 20 dan ortiq talaba tanlab olindi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi va muloqot qobiliyatiga qarab tanlandi. Endi 20 nafar talaba ingliz tili, aloqa va logistika koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, BPO-kompaniyalarida ish imkoniyatlarini kashf qilish kurslarida qatnashadilar.
BPO Schoolʼda o‘qish talabalarga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan vaqtida tashqi bozorlarda ishlash, yuqori daromad olish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.
Agar siz Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashasangiz, ingliz tilini bilsangiz va eng yirik BPO-kompaniyalarida ishlashni yoki oʻzingiz BPO-kompaniyasini ochmoqchi boʻlsangiz, ushbu raqamga murojaat qiling: +998913905191
2022-02-23