2022-yil 7-yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov IT-Parkga amaliy tashrif bilan keldi.
Mehmonlarni IT-Park direktori Farhod Ibragimov, hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fayzulla Aripjanov va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jahongir Rajabov qabul qildi.
Uchrashuv davomida IT-Park faoliyati haqida taqdimot o‘tkazildi. Muloqot ishtirokchilari Buxoro viloyatida inkubatsiya markazlarini ochish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muloqot chog‘ida viloyatda BPO yo‘nalishini rivojlantirish, BPO korxonalari uchun yaratilgan imkoniyatlar, bu yo‘nalishda ish o‘rinlarini ko‘paytirish va uning nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Buxoro viloyatida IT-sohasini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini, shuningdek, IT-Parkning viloyatdagi filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
2023-01-07