Buyuk Britaniya va Latviya elchilari IT Park faoliyati bilan tanishdilar

Bugun, 2019-yil 20-sentyabr kuni IT Parkda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, IT Park Direksiyasi xodimlari va Inxa Universiteti rektori O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiyadagi elchisi hamda Latviya Respublikasidagi elchisi bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Elchilarni kutib olishdagi nutqida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va Latviya o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan sermahsul hamkorlik haqida alohida ta'kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida hurmatli mehmonlarga dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parkining faoliyati haqida batafsil axborot taqdim etildi, shuningdek, kelgusidagi loyihalar va mavjud startaplar tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar axborot texnologiyalari va startaplarning ekotizimlari sohasida o‘zaro foydali hamkorlikni bundan keyin yanada chuqurlashtirish, kengaytirish haqida kelishib oldilar.

2019-09-20