Chirchiq shahrida yangi autsorsing markazi ochildi

Chirchiq shahrida IT Park Toshkent viloyati filiali va Chirchiq shahar hokimligi hamkorligida "Audiotele" autsorsing aloqa markazining yangi filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Chirchiq shahar hokimi M.Abdurahimov, IT Park hududiy vakillari va "Audiotele" kompaniyasi rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida tomonlar raqamli xizmatlar sohasida investitsiyalarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish muhimligini ta’kidladilar.

Yangi filial 150 dan ortiq kishini, shu jumladan, autsorsing va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning tez rivojlanayotgan sohasida karyera boshlashni xohlovchi yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

2025-05-08