Joriy yilning 21-22-may kunlari “5 Tashabbus harakati Toshkent 2021” festivali doirasida CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha “Tashkent Cyber Cup 2021” turniri bo‘lib o‘tadi. Turnirda O‘zbekistonning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi.
Ushbu turnir Toshkent shahri hokimligi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Qolaversa, O‘zbekistonning top-4 talligiga kiruvchi jamoalar onlayn saralashdan o‘tmasdan, avtomatik tarzda turningning uchinchi bosqichiga yo‘llanma oladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu top ro‘yxatga quyidagi jamoalar kiradi:
1. Cookie Crew
2. Fidanza esports
Cookie Crew jamoasi “Frag season 5” respublika chempionatida birinchi o‘rinni egallab, ushbu top jamoalar ro‘yxatidan o‘rin oldi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi 32 000 000 so‘mni tashkil etadi va ushbu pul mukofoti g‘oliblar orasida quyidagicha taqsimlanadi:
1-o‘rin - 20 000 000 so‘m;
2-o‘rin - 8 000 000 so‘m;
3-o‘rin - 3 000 000 so‘m;
4-o‘rin - 1 000 000 so‘m.
Turnir qayerda o‘tkaziladi?
- Istiqlol ko‘chasi, mo‘ljal - Yoshlar ijod saroyi.
Soat nechida?
- 10:30.
Turnirga keling va biznikilarga muxlislik qiling. Bizga omad tilang!
Sizni turnirga kirgizishlari uchun @toshkent21bot orqali ro‘yxatdan o‘ting
2021-05-19