“Cookie Crew” nomli IT Park terma jamoasi “Frag Season 5” turniri final bosqichiga yo‘llanma oldi

Joriy yilning 27-martidan 4-apreliga qadar O‘zbekistonda Steelseriies, Realme, iTV, G-shop va Pixel ko‘magida “Frag Season 5” bahorgi onlayn turnir bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston kibersport assotsiyatsiyasi turnirning bosh hamkorlari hisoblanadi.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 25 300 000 so‘mni tashkil etadi. Turnir CS:GO va DOTA2 yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

Turnirda O‘zbekistonning yetakchi kibersport jamoalari, jumladan “Storm”, “Arcred”, “Fidanza ESports” va, albatta, yosh va istiqbolli IT Park jamoasi “Cookie Crew” va boshqalar ishtirok etishadi.

Turnir davomida bizning yigitlar 5 ta jamoani ortta qoldirib,  final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Guruh bosqichida “Cookie Crew” “Nejp Gaming” jamoasini 16:4 va “Dorixona” jamoasini 16:4 hisobi bilan ortta qoldirdi.  1/8 finalda yigitlar ikki xil xaritada 16:3 va 16:12 hisobi bilan “QUEX” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.  1/4 bosqichida “Cookie Crew” yarim final uchun “Glory” jamoasi bilan kurash olib bordi va ularni 16:9 hisobi bilan mag‘lub etdi. Yarim finalda “Cookie Crew” jamoasi “Solo Gaming” jamoasi ustidan 16:13 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

2021-yil 4-aprel kuni oflayn rejimida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida yigitlarimiz “Fidanza ESports” jamoasi bilan bellashadi va O‘zbekistonda qaysi jamoa CS:GO bo‘yicha eng kuchli ekanligini aniqlab beradi.

“Frag Season 5” turnirining final bosqichi quyidagi manzil bo‘yicha “Major” kompyuter klubida bo‘lib o‘tadi: Taras Shevchenko, 21.

Vaqt: soat 18:00 da.

2021-03-31