CS:GO bo‘yicha IT Park jamoasi “Tashkent Cyber Cup 2021” turnirida uchinchi o‘rinni egalladi

2021-yil 21-25-may kunlari “5 Tashabbus harakati Toshkent 2021” festivali doirasida CS:GO yo‘nalishi bo‘yicha “Tashkent Cyber Cup 2021” kibersport turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda O‘zbekistonning eng kuchli jamoalari katta miqdordagi pul mukofoti uchun kurash olib borishdi.

“IT Park Team” (avvalgi – “Cookie Crew” jamoasi”) O‘zbekistonning top-4 jamoalar ro‘yxatidan joy olganligi va mamlakatimiz chempioni bo‘lganligi sababli onlayn saralashdan o‘tmasdan, avtomatik tarzda 1/8 finalga yo‘llanma oldi.



1/8 finalda ular “C-GEN” jamoasini 2:1 hisobi bilan ortda qoldirib, yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi va u yerda “Gucci Gang” jamoasi bilan o‘ynab, afsuski, 2:1 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchradi.


Keyinchalik uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan jangda “IT Park Team” jamoasi “Storm” jamoasi bilan yuzma-yuz keldi va ularni 2:1 hisobi bilan ortda qoldirdi.


 “Tashkent Cyber Cup 2021” turniri natijasiga ko‘ra,  4-o‘rinni “Storm” jamoasi, 3-o‘rinni “IT Park Team” jamoasi, 2-o‘rinni “Gucci Gang” jamoasi va 1-o‘rinni “Fidanza” jamoasi egalladi.
 

“Ba’zi bir ichki holatlar tufayli, biz ushbu musobaqaga o‘zimiz xohlagandek tayyorgarlik ko‘ra olmadik. Bir oydan keyin bizni navbatdagi musobaqa kutmoqda. Biz unga jiddiyroq yondashishga va jiddiy tarzda tayyorlanishga harakat qilamiz”, - deya “IT Park Team” jamoasi sardori Abdulaziz Alimbaev “Sl1mqa” mag‘lubiyatlari haqida fikr bildirdi.

Turnirning mukofot jamg‘armasi 32 000 000 so‘mni tashkil etdi va u g‘oliblar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

1-o‘rin - 20 000 000 so‘m;

2-o‘rin - 8 000 000 so‘m;

3-o‘rin - 3 000 000 so‘m;

4-o‘rin - 1 000 000 so‘m.






 

2021-05-26