“DevFest App Hackathon” birinchi android xakatoni o‘z yakuniga yetdi!

IT Park tomonidan GDG Tashkent bilan hamkorlikda tashkil etilgan birinchi Android xakatoni yakunlandi.

DevFests - bu butun dunyo bo‘ylab Google dasturchilar uyushmasi boshchiligidagi butun dunyo dasturchilari uchun mo‘ljallangan tadbir. U Android, Firebase, Google Cloud Platform, Google Assistant, Flutter, TensorFlow bilan mashinaviy ta’lim, shuningdek mobil internet kabi mahsulotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan 86 kishidan 12 nafari saralab olindi va 3 kishi g‘olob deb topildi.

Xakaton g‘oliblari:
1-o‘rin - Shahzod Jo‘rayev;

2-o‘rin - Safarov Sohibjon;

3-o‘rin - Bahromov Mirshodbek.

Sovrinlar:
1-o‘rin: Amazfit GTS aqlli soati;
2-o‘rin: 1-avlod Google Home Mini;
3-o‘rin: Xiaomi Mi Band 5.

Xakaton natijasida ishtirokchilar sinab ko‘rish va xatolar orqali dasturlashda o‘z darajalarini oshirib, IT Park tomonidan tashkil etiladigan kelgusi tadbirlarda ishtirok etish istagini bildirdilar.

2020-10-27