Tashrif ishtirokchilari ish jaroyoni bilan tanishdilar va kompaniyaning muvaffaqiyatli tajribasi bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega boʻldilar.
2004-yilda San-Fransisko shahrida tashkil etilgan “Dyninno Group” kompaniyasi moliya sanoati, koʻngilochar, sayohat va turizm sohalari uchun IT-yechimlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Kompaniya AQSh va Oʻzbekistondan tashqari Kanada, Braziliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Malta va Kipr, BAA, Misr, Turkiya, Hindiston, Vyetnam va boshqa mamlakatlarda oʻz vakolatxonalariga ega. “Dyninno Group” kompaniyasi xodimlarining umumiy soni 4200 nafardan oshadi.
Guruhning hududiy menejeri Davron Egamov kompaniya faoliyati haqida taqdimot oʻtkazib, Toshkentdagi ofis AQSh va Kanada bozorlarida mahsulot va xizmatlar koʻrsatish orqali turizm biznesi jarayonlarini taʼminlash bilan shugʻullanayotgani haqida maʼlumot berdi.
“Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri qatnashchilari “Dyninno International” kompaniyasi bilan kelgusi hamkorlik istiqbollari va autsorsing sohasida tajriba almashishga qiziqish bildirishdi.
Ushbu tashrif “Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri doirisida tashkil etildi.
2024-03-19