“EdTech Hub Bukhara” dasturining gʻoliblarini taqdirlash

2022-yil 8-aprel kuni IT Park Uzbekistan tomonidan “EdTech Hub Bukhara” inkubatsiya va akseleratsiya dasturining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida dasturning barcha bitiruvchilari, ularning yaqinlari, ustozlari, hamda, IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish bo‘limi Boshlig‘i Farrux Maksumov, IT Parkʼning akseleratsiya bo‘yicha menejeri Jahongir Kagirov va IT Parkʼning Buxoro filiali xodimlari ishtirok etdilar.

Dastur natijalariga koʻra:

 1–o‘rinni “Aqlli issiqxona” loyihasi egalladi – 30 000 000 so‘m;

 2–o‘rin “Lemix” loyihasi – 15 000 000 so‘m

“Aqlli issiqxona” –  bu sugʻorishni masofadan boshqarish, haroratni kuzatish va barqaror oʻsish uchun qulay sharoitlarni saqlash imkonini beruvchi issiqxona tizimlarini avtomatlashtirish va monitoring qilish loyihasi.  Bundan tashqari, tizim suv va energiya kabi resurslarni tejaydi.

“Lemix” –  bu CRM va LMS vositalarini oʻz ichiga olgan oʻquv markazini boshqarish tizimi. Qolaversa, u sizga talabalar, moliyaviy hisobotlarni yuritish, hamda, asosiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Dastur haqida:

Inkubatsiya va akseleratsiya dasturi – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan IT Park va IT-Markazlar bilan birgalikda yaratilgan va ishga tushirilgan “EdTech Hub Bukhara” loyihasining uchta komponentidan biri. Loyiha uchta yirik komponentdan iborat edi: 2 ta taʼlim va 1 ta inkubatsiya va akseleratsiya dasturi.

Eslatib o‘tamiz, inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari bepul o‘qitish va ekspert ko‘magidan tashqari, o‘z loyihalarini ishlab chiqish uchun 45 000 000 so‘m mukofot jamg‘armasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“EdTech Hub” inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga jami 77 ta loyiha ariza topshirgan, ulardan 8 tasi keyingi rivojlanish dasturiga tanlab olindi.

2022-04-11