Edu-fest ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz!

10-iyun kuni soat 10:00-14:00 gacha Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi binosida (Muminova ko‘chasi 4A) Edu-fest ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi!

Tadbirning maqsadi – tashrif buyuruvchilar IT sohasidagi taʼlim imkoniyatlari haqida bilib olishlari va o‘zlariga mos kursni tanlashlari uchun barcha IT kurslarini bir joyda jamlashdan iborat.

Edu-fest – bu:

  • IT sohasiga ixtisoslashgan yetakchi talim muassasalari va oquv markazlari bilan tanishishingiz mumkin bolgan oquv korgazmalari;
  • karyera: IT sohasida karyera imkoniyatlari boʻyicha ekspert maslahatlarini olish, sohadagi turli rollarni oʻrganish va mehnat bozori talablarini oʻrganish imkoniyati;
  • stipendiyalar haqida maʼlumot: tashrif buyuruvchilarga taʼlim hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan mavjud stipendiyalar va moliyaviy yordam dasturlari haqida maʼlumot beriladi;
  •  hamfikrlar, potensial mentorlar va soha vakillari bilan muloqot. 

Tadbirga kirish bepul. Ro'yxatdan o'tish havola orqali. Qoʻshimcha yangiliklar va eʼlonlarni kuzatib boring.

Batafsil maʼlumot uchun: +99894 899-98-07, Abdumajid

IT-taʼlimning ulkan dunyosini oʻrganish va texnologiya sohasida muvaffaqiyatli karyera sari yoʻl ochish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

2023-06-02