14 aprel kuni soat 16:00 da AMITY universitetida Edusession doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Yangi uchrashuv mavzusi “Raqamli chiqindilarsiz dunyo quramiz”. Sessiyani VEON (Niderlandiya) kompaniyasining raqamli mahsulotlar bo'yicha direktori Jorj Xeld olib boradi.
VEON global raqamli operator bo‘lib, 200 milliondan ortiq mijozlarga mobil aloqa va xizmatlarni taqdim etadi. Kompaniya odamlarning hayotini o‘zgartiradi, raqamli texnologiyalarni kengroq qamrab olish imkoniyatlarini yaratadi va dunyo aholisining 8% dan ortig‘ini o‘z ichiga olgan yetti mamlakatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.
Seans davomida u quyidagilar haqida so‘zlab beradi:
• neyron tarmoqlar hayotimizni qanday o‘zgartiradi;
• nima uchun nomaqbul reklamani yo‘q qilish kerak;
• raqamli ifloslanishga qarshi kurashish nima uchun zarur;
• Beeline Uzbekistan kompaniya mahsulotlarini №1440 ekotizimida foydalanuvchi manfaatlariga qanday moslashtirmoqda.
Sessiya ingliz tilida olib boriladi. Tadbirda ishtirok etish bepul.
Hujjatlar 14-aprelga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScVpivR-nT7dvFhC2CAzuX9CPCClekYsOwfr3w4UmQ-cE5U7g/viewform
Eslatib oʻtamiz, Edusession dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlishga, karyera qilishga va pul ishlashni boshlashga qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Edusession doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda oʻtkaziladi. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) boʻyicha bilimga ega boʻlishlari, oʻz loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yaxshi kompaniyalarda martaba imkoniyatlarini oʻrganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida oʻz malakalarini oshirishlari, netvorking oʻrnatishlari mumkin.
Spiker haqida maʼlumot:
Jorj Xeld telekommunikatsiya sohasida 20 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. U Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo va Afrikada raqamli xizmatlar va yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish, integratsiya qilish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Jorj Xeld Garvard biznes-maktabi diplomiga ega. U Massachusets Texnologiya Institutini tamomlagan va u yerda sun‘iy intellektni ishlab chiqish, joriy etish va boshqarish bo‘yicha tahsil olgan. Shuningdek, u Shimoli-Sharqiy universitetning (Boston, AQSh) nufuzli MBA darajasini qo‘lga kiritgan.
Innovatsion mahsulotlarni joriy etganligi uchun Jorj GSMA Global Mobile Awards, Global Telecom Innovation Awards, FT/IFC special commendation kabi xalqaro darajadagi professional mukofotlar bilan taqdirlangan
2023-04-10