Bir oy mobaynida biz onlayn savdoni amalga oshirishni oʻrgatish, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijorat sohasini rivojlantirish va kengaytirish maqsadida tadbirkorlar uchun onlayn kurs oʻtkazdik!
Biz eng yaxshi elektron tijorat boʻyicha ekspertlari bilan birgalikda sakkizta vebinar oʻtkazdik:
Aziz Axrorov;
Bobir Nurmuhammedov;
Dilya Alimova;
Zohid Oʻlmasboyev;
Dilnavo Shasimova;
Gʻayrat Xasbiyulin;
Azamat Abdullayev.
Onlayn kursning soʻnggi spikerlari:
Loyihalar menejeri (Project Manager) – Artur Tupiev hamda Mahsulotlar yaratuvchi (Product Owner) – Andrey Lebedev, 5x10 kompaniyasi vakillari!
5x10 kompaniyasi xalqaro marketing kompaniya boʻlib, Norvegiya, Shvetsiya, Polsha, Rossiya singari mamlakatlarda oʻz filiallariga ega.
Vebinarda spikerlar elektron tijoratda marketing yuritish haqida bilgan barcha narsalari bilan oʻrtoqlashadilar: savdo-sotiqni ishga tushirish rejasi va mantigʻidan boshlab, internet doʻkonining biznes tahliligacha.
21 iyul, roppa-rosa 19:00 da biz IT Parkining YouTubeʼdagi kanalida jonli efirni boshlaymiz!
Bizning maʼruzamizga qoʻshiling va biznes loyihangizni rivojlantirish uchun xalqaro ekspertlardan juda qimmatli bilimlarga ega bo'ling.
Shuningdek, spikerlarga savol berishingiz va ularga javob olishingiz mumkin!
Havola: https://clck.ru/N7sXL
2020-07-20