Farrux Xolmuxamedovdan “Noldan startap” mavzusida vorkshop

10-iyun, shanba kuni IT Park Toshkent filialida “Noldan startap: loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun g‘oyalar, strategiyalar va vositalar” mavzusida vorkshop bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri CloudPayments to‘lov tashkilotining mintaqaviy direktori Farrux Xolmuxamedov boʻladi.

Trening davomida u g‘oyani qanday qilib haqiqiy startapga aylantirish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish strategiyalarini ishlab chiqish haqida gapirib beradi. Muhim vositalar va usullar, jumladan, bozor tadqiqotlari, biznes-reja tuzish, jamoani shakllantirish, moliyalashtirishni jalb qilish va boshqa asosiy jihatlar yoritiladi.

Shuningdek, maʼruza tinglovchilari “President Tech Award” tanlovida qanday qatnashishni va 1 million dollarlik mukofot pulini yutish imkoniyatlarini oʻrganadilar.

Vorkshop soat 18:00 da boshlanadi, uzbek va rus tilida olib boriladi. Ro‘yxatdan o‘tish 10-iyunga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.

Spiker haqida maʼlumot:

Farrux Xolmuxamedov – fintech va banking bo‘yicha ekspert, Innopolis Universitetining Software Engineering yoʻnalishi bitiruvchisi. U Sberbank, TBC Bank va AloqaBank kabi yirik moliya institutlarida katta tajribaga ega.  Bundan tashqari, u “AloqaVentures” venchur fondini boshqargan va Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.

Startapni ishga tushirish boʻyicha qimmatli bilim va qoʻllanma olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

2023-06-06