Bizning bosh qahramonimiz - Shahram Gʻulomov, 27 yoshda, hozirgi kunda tug‘ilib o‘sgan joyi Samarkand viloyatida istiqomat qiladi. Shahrom 6 yildan beri arxitektura va interyer dizayni sohasi bilan shug‘ullanadi. Ayni damda u Samarqanddagi “Samarqand Design Studio” asoschisi hisoblanadi va bir vaqtining o‘zida Rossiyadagi eng yirik dizaynerlik studiyalaridan biri – “DOM Design” kompaniyasida frilanser sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
“Men bu sohaga yoshlik paytimda kirib kelgan bo‘lsam kerak, sababi maktabda o‘qib yurganimda rasm chizishga qiziqardim va kompyuterni yaxshiroq tushunardim. Men juda ko‘p sohalarda o‘zimni sinab ko‘rganman va odamlar o‘zlarini hamma joyda sinab ko‘rishi kerak deb hisoblayman. Har bir mutaxassis o‘zi qiladigan ishni yaxshi ko‘rishi kerak, aks holda yillar o‘tishi bilan kasbiga degan qiziqishi so‘nib boradi. Shuningdek, kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘zingiz uchun muhim va qiziqarli bo‘lgan sohani tanlashingiz kerak”, - Shahram Gʻulomov.
2015-yili Shahram Samarqand arxitektura institutiga hujjat topshirdi, keyinchalik rasm bo‘yicha amaliy imtihon bo‘lib o‘tdi. Hammasi o‘sha yerda boshlandi.
“Institutning devorlarida osilib tugan 3D vizual loyihalar menda katta qiziqish uyg‘otdi. Bir tomondan rasm va boshqa bir tomondan esa kompyuter grafikasi. Hozirgi kunda ushbu ikki qiziqishim bir-biriga mos tushadi: men 3D rassomman va 3ds Max, AutoCAD, Photoshop, Marvelous Designer, Lumion va shu kabi boshqa dasturlarni o‘rganyapman va ushbu dasturlar yordamida o‘z g‘oyalarimni mijozlarga taqdim etaman”, - deydi Shahram.
Shahram 21-asrda rivojlanayotgan axborot texnologiyalarining yordami bilan hatto yirik kompaniyalarni ham Internet orqali boshqarish mumkin deb hisoblaydi.
“Frilans - katta okeandagi qayiqqa o‘xshaydi”, - deya ta’kidladi Shahram.
Uning aytishicha, frilansning afzalliklaridan biri – bu frilanserlar o‘z xizmatlarini kichkina hovuzdan katta okeanga olib chiqishi mumkinligidir. Bu frilanser uyida o‘tirgan holda har qanday shahardan tashqi bozorga chiqishi mumkin ekanligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida, vaqtni va pulni tejashga, shuningdek, uydan ham, dunyoning istalgan joyidan ham katta miqdorda daromad topishga imkon yaratadi.
Frilansdagi daromad haqida
Bizning qahramonimiz barcha frilanserlarning yillik daromadi har xil bo‘lishini ta’kidladi. Tajribali frilanserlar qulay hayot tarzi uchun yetadigan miqdorda daromad topishadi. Ularning yillik daromadi o‘rtacha $7-12 000 dollarni tashkil etadi.
Frilanserlar dush keladigan muammolar
Bir kuni Shahram katta dizayn loyihani oldi, lekin unga berilgan texnik vazifa to‘liq emas edi. Natijada mijozga uning bajargan ishi yoqmaqanligi sababli, hammasini boshidan ishlashga majbur bo‘ldi. Buning hammasi Shahramda aniq bir texnik vazifaning yo‘qligi va mijozning nima xohlayotganini tushunmaganligi tufayli sodir bo‘ldi. O‘shandan beri, u har bir mijozdan birinchi navbatda aniq TV (texnik vazifa) oladi.
“Men frilanserlarning biron bir narsa bilan katta muammolari bor deb aytmagan bo‘lardim. Muammolardan biri yaxshi ishlamaydigan internet bo‘lishi mumkin. Frilanserda yaxshi ishlaydigan interet bo‘lishi kerak. Ba’zida o‘zim ham internet bilan muammolarga duch kelaman. Agar internet yaxshi ishlamasa, katta loyihalarni yuklash va ishlash deyarli mumkin emas”, - deya tan oldi Shahram.
Bajarilgan ish uchun to‘lov
Shahramning aytishicha, bajarilgan ish uchun to‘lov bank kartasi yordamida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri frilans platformalarida masofaviy tarzda amalga oshiriladi. Buyurtmani bajarilgandan so‘ng, sayt o‘zi avtomatik ravishda kelishilgan summani hisobga o‘tkazadi.
Frilans yoki ofisda ishlash?
Shahram o‘ylanmasdan frilansni tanlaydi, sababi bu birinchi navbatda vaqtni tejashga va ish jadvalini o‘zi belgilashiga imkon beradi.
“Bularni ofis sizga bermaydi. U yerda o‘zingizni erkin his etishingizga to‘sqinliklar mavjud”, - dedi Shahram.
Muvaffaqiyat formulasi
“Xorijda imkoniyatlar sonining ko‘pligi va u yerlarda sizga ko‘p pul to‘lashi hammamizga ma’lum. Chet ellik mijozlarning ehtiyojlarini qondira oladigan darajadagi tajribali mutaxassis bo‘lish juda muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun nima qilish kerak deb o‘ylaysiz? Bunga erishish ushun avvalo o‘zingizni qiziqtirgan kasbni tanlashingiz, uni sinchkovlik bilan o‘rganishingiz va professional darajada xizmat ko‘rsatishingiz, shuningdek, o‘zingizning portfolioinngizni yaratishingiz, masalan, Facebook’da va, albatta, chet tilini bilishingiz kerak”, - dedi Shahram.
Shahram yetarli miqdorda muvaffaqiyatli ishlarga ega ekanligini tan oladi. Uning aytishicha, muvaffaqiyatingiz mijozingizning siz bajargan ishdan qiniqishiga bog‘liq. Agar mijozingiz siz bajargan ishda ko‘ngli to‘lsa, ishni muvaffaqiyatli deb hisoblashingiz mumkin.
Ayni damda Shahram dizayn kurslari bo‘yicha boshqalarga dars beradi va yosh avlodning potensialini ochish bilan bir qatorda ularning didi va o‘ziga xos stilini yaratishga yordam beradi. Shahram zamonaviy interer dizaynerlari uchun malaka oshirish kurslari, interer dizayni va 3D modellashtirish bo‘yicha dars o‘tadi. U ham onlayn, ham oflayn tarzda dars beradi. Qolaversa, Shahranda darslarini joylab boradigan Youtube kanali ham bor. Yaqin orada u Samarqand viloyatidagi IT Park filialida dizayn bo‘yicha individual tarzda dars berishni boshlaydi.
Buyurtmani qanday olish mumkin?
Katta talabga ega frilanser bo‘lish uchun, birinchi navbatda, o‘z sohangizning mutaxassisi bo‘lishingiz va yaxshi portfolioga ega bo‘lishingiz kerak. Shahram portfoliosiz mijozlar frilangerlarga jiddiy qarashmaydi deb hisoblaydi. Ikkinchi muhim narsa - mijozlar bilan komunikasiya qilish qobiliyati. Agar sizda ushbu ko‘nikma bo‘lmasa, mijozlarning ishonchidan chiqish sizga ancha qiyinchilik tug‘diradi. Yaxshi aloqa = ishonch, bu esa o‘z navbatida buyurtma olish imkoniyatini 80% ga oshiradi. Qolgan 20% - bu sizning portfolioingizning sifati hisoblanadi.
Shahramning versiyasi bo‘yicha dizaynni o‘rganishning ikkita usuli
1. Bepul: mustaqil ravishda Internetdan o‘rganish, lekin bu juda ko‘p vaqt oladi. Buning uchun Shahramga 6 yil vaqt ketdi.
2. Pullik: o‘z sohasini professional darajada biladigan mutaxassislarning kurslariga boring. Bu sizning vaqtingizni tejaydi va kelajakda kimdan maslahat olishni bilasiz.
Frilanserimizdan bepul frilans platformalar ro‘yxati:
- http://freelancer.com;
- http://fl.ru;
Yuqoridagilarning barchasini sarhisob qilar ekanmiz, tan olishimiz kerakki, frilans an’anaviy ofis ishlariga yaxshi alternativ bo‘la oldi va kelajakda uning jahon mehnat bozoridagi mavqesi tobora oshib boradi.
Shahramning Youtube kanaliga ilova: https://youtube.com/channel/UCcj3zz9TOiJy1IL-u_4OcOg
O‘zingizni qiziqtirgan savollarni Shahramning Instagram sahifasiga yozishingiz mumkin: @shakhram.designer
Aloqa uchun: +99899 668 52 42
Samarqand shahridagi IT-markazining Shahram kurslariga yozilish uchun: +998 66 222 03 33, +998 99 054 11 99 Shahramning ishlari:
2021-02-04