“Future Skills Uzbekistan” kursi talabalari o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladilar

“Future Skills Uzbekistan” dasturi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab 441 nafar talaba o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi.

“Future Skills Uzbekistan” ta’lim loyihasi IT Park hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.

Kurs davomida talabalar kompyuter savodxonligi, Front-end va Back-end dasturlash va IT-ingliz tili kabi yo‘nalishlarni o‘rganishdi. Kurs yakunlari bo‘yicha  ularga sertifikatlar topshirildi.

Endilikda ushbu sertifikat bilan loyiha bitiruvchilari turli tashkilot va korxonalarda faoliyat olib borishlari mumkin.

 

2022-04-08