Joriy yilning 16-iyun kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali qoshidagi inkubatisya markazida Demo Day bo‘lib o‘tdi. Demo Day IT Park va universitet hamkorligida tashkil etildi.
_1624267451.jpg)
O‘z loyihasini inkubatsiya markazida rivojlantirish istagini bildirgan 23 ta ariza orasidan faqat quyidagi 6 tasi o‘z loyihasini Demo Day’da namoyish etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi:
- BiziLand
O‘yinchoqlarni onlayn yaratishga mo‘ljallangan platforma.
- WuWei
Joy bron qilish hamda ovqat buyurtma qilish uchun koyinot uslubidagi restoran.
- Sportspot
Har xil turdagi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan va sport maydonchalarini bron qilish imkoniyatini beruvchi sport agregatori.
- Online billboards
Onlayn ravishda narxlarni tekshirish va barcha shaharlarda billboard bron qilish imkonini taqdim etuvchi platforma.
- 360 Virtual tour
Turli binolarda virtual turlarni tashkil etishga imkon beruvchi loyiha.
- Coveralls
Allergiyadan qiynaladiganlar uchun gipoallergen kiyimlar ishlab chiqarish.
Loyihalar quyidagi hakamlar hay’ati azolari tomonidan baholandi:
- WABI SABI kreativ kompaniyasi asoschisi Minas Sarkisyan;
- Marketolog, bloger, influencer Kamilla Maxsudxonova;
- IT Park inkubatsiyasini rivojlantirish menejeri Elvira Salavatova;
- OTM ilmiy-nashriyot bo‘limi rahbari Olga Abayeva;
- mehnat iqtisodiyoti va menejment kafedrasi PhDsi Nodirbek Tula.
 (Копировать)_1624267412.jpg)
Demo Day yakunida, hakamlar hay’ati loyiha asoschilariga loyihalarini yanada rivojlantirish yuzasidan maslahatlar va tavsiyalar berishdi.
2021-06-21