“Global Founders Capital” kompaniyasi vakilining IT Parkga tashrifi haqida

Joriy yilning 12-mart kuni Germaniyaning “Global Founders Capital” kompaniyasi vakili IT Parkga tashrif buyurdi.

Ushbu kompaniya vakili sifatida O'zbekistonga muntazam tashrif buyurib turadigan uning menejeri Nohman Aktari qatnashdi. Nohman O'zbekistonga oxirgi tashrifidan soʻng amalga oshirilgan ulkan oʻzgarishlar va IT Parkʼning mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish yo'lidagi ahamiyatini alohida ta'kidlab oʻtdi.

Tashrif davomida har ikki tomon tegishli mavzular boʻyicha taqdimotlar o'tkazishdi. Uchrashuv natijalariga ko'ra, Nohman Akhtari ta'lim olish uchun Germaniyaga bir nechta IT Park internlarini taklif qilish orqali venchur moliyalashtirish rivojlantirishga yordam berish tashabbusi bilan chiqdi.

"Global Founders Capital" – Berlinda joylashgan va butun dunyodagi startaplarni qo'llab- quvvatlashga ixtisoslashgan nemis kompaniyasi. U startaplarni nolinchi darajadan yuqori darajadagi korxonalarga aylantiradi .

2020-03-17